So’nggi yangiliklar

11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  0 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  3 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  6 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  14 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2

Kokorin 10 yoshidan boshlab sport maktab-internatida voyaga etgan. Gap Rossiya futbolining ulkan muammosi to'g'risida ketmoqda, biroq bu haqda negadir gapirilmaydi Yangiliklar

Kokorin 10 yoshidan boshlab sport maktab-internatida voyaga etgan. Gap Rossiya futbolining ulkan muammosi to'g'risida ketmoqda, biroq bu haqda negadir gapirilmaydi

Rossiya futbolining muaamosi to'g'risida qiziqarli maqolani etiboringizga haqola qilamiz.

SLUCKIY 9 YIL OLDIN OGOHLANTIRGAN

2007 yilda “Moskva” klubi bosh murabbiyi Leonid Sluckiy Sports.ru saytida o'z blogini ochdi.  Bu voqea u uchta chempionlikni taqdim etgan CSKA murabbiiga aylanishidan ikki yil ilgari sodir bo'lgan. Hozirda keksa murabbiyning sahifasi negadir yashirilgan, biroq bazi qaydlarni hali ham tarmoqdan topish mumkin.

Sluckiy katta futbolga bolalar futbolidan kirib kelgan va u nega bolalar o'rtasidagi turnirlarda jajji futbolchilarda sovuqqonlik ko'zga tashlanishini yaxshi biladi, ammo keyinchalik ular professional futbolga qadam tashlagach, yo'qolib qolishadi. Sluckiy alohida takidlagan muammolardan biri — bolalarni sport maktab-internatlariga erta jalb qilish hisoblanadi, bazilar 10–11 yoshida o'z oilalaridan va tanish muhitdan ajralib qoladi. Ko'pgina etakchi futbol mamlakatlarida agar bola 13 yoshga to'lmagan bo'lsa, ota-ona qarmog'isiz maktab-internatga ko'chib o'tishi qatiy taqiqlangan. CHunki bu nafaqat futbolchi, balki shaxs shakllanishiga ham tasir qiladi.

Murabbiy bu haqda 2009 yilda o'z blogida batafsil yozgan. Matnni Internetda topish mumkin, u bazi saytlar tomonidan muntazam ravishda nashr etiladi.

9 yil avval yozilgan Sluckiy qaydlaridan hanuzgacha dolzarb bo'lgan qisqacha tezislarni keltirib o'tamiz:

— Rossiyada 10–14 yoshli iqtidorli bolalar juda ko'p. Ammo ulg'aygan sari ularning ko'pchiligi g'oyib bo'lishadi. Rossiyadagi yoshlar chempionatlarining finallarini tomosha qilayotgan selekcionerlar bir xillikning guvohi bo'lishadi: “Qanday dahshatli manzara! Hech biri alohida ajralib turmaydi. Boshdan-oyoq iqtidorsizlar”.

— Maktab-internatga kirish deyarli har doim jiddiy talim olishga chek qo'yadi. Hammaga ham birday etibor berilmaydi. Sluckiy (biroz bo'rttirilgan, ammo chin, o'z so'zlari bilan aytganda, misol tariqasida) bir misol keltirgan: bola kitob o'qishni xohlamay qoladi, chunki mutolla qilish o'rtoqlarining masxara qilishiga sabab bo'ladi.

— Bu erda farzand tarbiyasiga ham putur etadi. Bolalar o'z holiga tashlab qo'yiladi, ular tengdoshlari va pensiya yoshidagi bir nechta o'qituvchilar qurshovida yashaydilar. Bu shuni anglatadiki, ularning shakllanishiga ko'proq “ko'cha” muhiti va ichki muhitda qabul qilingan xulq-atvor namunalari tasir qiladi. Qoloq madaniyat shundan kelib chiqadi.

— Akademiyalar va maktab-internatlar natijaga erishish maqsadida qattiq mehnat qilishadi. Buning oqibatida ushbu dargohni bitirguncha ko'pgina bolalarda futboldan bezish holatlarida sodir bo'ladi.

— Natijada, rus futbol tizimi 17 yoshgacha o'qimagan, yomon xulqli va futboldan toliqqan istedodlarni qamrab oladi.

— Sluckiy, shuningdek, ingliz akademiyalarini misol keltiradi, agar bola mashg'ulotlarga bir yarim soatdan ko'proq vaqt sarflasa, uni boshqa bo'limga jalb qilish taqiqlanadi. SHu bois, uning shakllanish davrida (shaxs sifatida ham) o'spirin odatdagi uy sharoitida istiqomat qiladi.

— Agar biron bir yosh istedod uzoqdan olib kelinadigan bo'lsa, unda ota-onasi bilan birga taklif qilinib, ularga shart-sharoit yaratib beriladi. 

9 yil oldin ham shunday edi. Aynan shu tizimda Kokorin voyaga etgan — 10 yoshidan boshlab u Valuekni va o'zining oilasini tark etgan. Bu uni oqlashga urinish emas — axloqiy nuqtai nazardan, bunday qilish deyarli mumkin emas. Savol tug'iladi: qanday qilib rus futbolchisining salbiy stereotipga aylanishini to'xtatish kerak? Tizimni o'zgartirish kerak.

Bolalar futbol ligasi prezidenti Viktor Gorlov bilan suhbat


— Bir paytlar klublar bolalarni yoshligidan akademiyaga olib kelmaslik tarafdori bo'lishgan. Har bir inson ikkita narsani yaxshi tushunadi. Birinchidan, bu yoshda ular yaxshi yoki yomon futbolchini qabul qilishi aniq emas — bu lotoreya. Ikkinchidan, siz bolani internatga olib kelganingizda, uni oziq-ovqat va kiyim-kechak kabi narsalar bilan taminlashingiz darkor. Buning uchun esa pul kerak bo'ladi. Albatta, 14 yoshda bolalarni qabul qilish u darajada mushkulot tug'dirmaydi, sababi ularning qobiliyatini aniqlash osonroq kechadi.

Ammo maktablar bilan ishlaydigan bazi selekcionerlar va agentlarning ochko'zligi tufayli klublar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ko'zga ko'ringan 10 yoshli bola paydo bo'lishi bilanoq, uni akademiyaga taklif qilish payida bo'lishadi. Bunday nosog'lom raqobat bolakayning endigina to'pni tepa boshlaganida yuzaga kelmoqda va u uyidan olib ketiladi.

— Buning nimasi xavfli?

— Birinchidan, bolani oila qarmog'idan erta olib ketishadi. Men har doim aytaman, bu yoshda bolalar otaniki ham, oilaniki ham emas, ular faqat onaniki. Bu jarayon 12 yoshgacha davom etadi. Selekcionerlar esa bolani nafaqat onasidan, balki otasidan ham, shahardan va maktabdan tortib olishadi. Hamma narsadan mahrum qilishadi. Bazida bir to'da bolakayni akademiyaga tutash hudud bo'ylab olomon ichra qaergadir ketishayotganini ko'raman. Ularga nazar solish juda achinarli. Jujuqlarning ko'zlarida sog'inch borligini ko'rish mumkin. Biologik va psixologik xulosalarga ko'ra, 10 yosh oiladan uzoqlashishga juda erta hisoblanadi. Ammo bu holatda ham ota-onalar uchun chiqish yo'li bor.

— Qanday?

— Bolalar bilan sayr qilish. Masalan, Miranchukning onasi shunday qilgan. U ajoyib inson. Balki u shaxsiy hayotini hamda karerasini farzandi yo'lida qurbon qilgandir, buni bilmayman, lekin u o'g'illari uchun o'zini baxshida qilgan. Kokorin o'sha yoshda ham mustaqil tarzda ulg'aydi. U, albatta, o'z holicha tashlab ketilmadi, uning oldiga kelib turishdi, nazorat qilishdi. Ammo ular o'rtasida olis masofa bor edi. Keyinchalik Sasha voyaga etganida, uning ota-onasi Moskvaga ko'chib o'tdi. Ular kvartira ijaraga olishib, shu erdan ish qidira boshladi.

Ammo internatdagi bola uchun baribir qiyin. Ko'zingizni ochasiz — tanish chehralarni ko'rasiz, mashg'ulotlarga borasiz — o'sha yuzlar, tushlikda — yana o'sha, maktabda ham — xuddi shular. Bu dahshatli tushning o'zginasi.

— Kichik armiya desa ham bo'ladi.

— Garchi oradan deyarli 50 yil o'tgan bo'lsa ham, armiyaga borganimdagi his-tuyg'ularim hamon esimda. Odam qadami etmas nomalum joylardagi dahshatli ruhiy tushkunlikni eslayman. Botinkalar, kamarlar va yana nimalardir bizni kutib turardi. Umuman olganda – ovloq hayot. Menimcha, 10–11 yoshli bolalar ham sport maktab-internatlariga jo'nab ketishganda o'zlarini shunday his qilishadi. Butsalar, futbol va tengdoshlar... Ammo qanday qilib boshqalar bilan aloqa o'rnatish lozim? Qanday qilib yaqinlaringizdan uzoqda bo'lishingiz kerak? Mashaqqatli o'zgarish davri vujudga keladi. Ammo ular atigi 11–12 yoshda, men esa armiyaga borganimda 18 yoshda edim.

Ko'pgina bolakaylar bunga bardosh berolmaydi: kimdir tor doirada yashaydi, kimdir boshqa yigitlar bilan chiqisholmaydi. SHu bilan birga, albatta, akademiyalar tartibni, normal rivojlanishni va ovqatlanish rejimini saqlashga harakat qilmoqda. Ammo hech kim ularga onalik mehrini bera olmaydi.

SHunday vaziyat ham bo'lganki, men o'zim bolani maktab-internatga jo'natish fikrida bo'lganman. Misol uchun, agar u ishlari yurishmayotgan oiladan kelgan bo'lsa. Unga akademiyadagi muhit nisbatan yaxshiroq bo'ladi. Nega bolalar ketib qolishadi? CHunki uyda hech qanday istiqbol yo'q. Ilgari ko'plab shaharlarda professional jamoalar bo'lgan. Yigitlar shug'ullanishardi, sababi ular shu orqali jamoa safiga kirishni bilishardi. Hozir bo'lsa bu qiyinroq.

Masalan, Barnaulni olaylik. U erni aka-uka Smertinlar bolalikdan buyon tark etishmagan. CHunki u erda yaxshi murabbiylar bor edi, kelajakka yo'l aniq edi: asosiy tarkibga tushasiz, o'zingizni ko'rsatasiz, keyin ketasiz. SHunday bo'ldi ham — Jenya va Lesha ham futbolchilik qobiliyatlari namoyon bo'la boshlagach, jamoani tark etishdi. Hozirgi bolalar esa Barnaulni tark etishmoqda, chunki u erdagi kelajak zinayapolaridan ko'tarilishning iloji yo'q.

Nimani o'zgartirish kerak?

— Biz bu haqda psixolog Vadim Vize bilan suhbatlashdik. U sobiq futbolchi (birinchi va ikkinchi ligalarda o'ynagan), keyin psixologiya bo'yicha ikkinchi mutaxassislikka o'qigan, “Spartak” akademiyasida besh yil ishlagan va hozir u dunyoning eng yaxshi akademiyalariga sayohat qiladi va psixologiya bo'yicha ixtisoslashtirilgan prezidiumlarda o'tiradi.

Nazarimda, Kokorin va Mamaev haqida gapiradigan bo'lsak, ularning bolalik davri 90 yillarning oxiri–2000 yillarning boshlariga to'g'ri kelganini hisobga olish kerak. U vaqtlarda ijtimoiy muhit keskin edi. Tabiiyki, jamoalarda va boshqa guruhlarda katta gapirishingiz, o'zingizdan cho'rtkesar yasab olishingiz kerak bo'lardi. Ehtimol, bu bolalarga qandaydir tarzda tasir qilgan. 90-yillarda, jamiyat taqdiri qil ustida turgan paytda, barcha uchun hayot o'tkinchi bo'lib qolgandek edi. Bu holat yoshlarga ham tasir o'tkazmasdan qolmadi. Bunday o'tkinchi hayot mana bunday tus olgandi: yoshlar maosh olardi hamda to'g'ri tungi klubga ravona bo'lardi.

Hozirda farovonlik darajasi yuqoriroq va 90-yillarning aks-sadolari kamroq. Hozirgi avlod boshqacha. Ular ham yaxshi insoniy fazilatlarga, ham kuchli futbol qobiliyatiga ega bo'lgan o'spirinlar. Yigitcha o'zining ilk shartnomasini qabul qildi hamda g'oyib bo'ldi, degan stereotip yo'qolmoqda. Men bu tushuncha umuman qolmadi deb aytolmayman, lekin so'nggi yillarda bunday misollarni uchratmadim.

— Kokorin 10 yoshidan sport maktab-internatida tahsil olgan, lekin Evropada bolalarni akademiya va futbol uchun, odatda kechroq — 13 yoshida oilasidan olib ketishadi.

— Nimadir deyin qiyin. Buning ijobiy taraflari ham bor. Masalan, biror o'spirin maktab-internatga futbol bilan bog'liq muammolar bo'lgan kichik shahar yoki qishloqdan tashrif buyuradi. Jadal rivojlanayotgan “CHertanovo” loyihasi mavjud. SHuningdek, ular bolalarni maktab-internatga erta olib ketishadi, lekin loyiha faqat yaxshi tomondan tavsiflanadi. 12 yoshida ota-onasi tomonidan maktab-internatda qoldirilgan Inestaning yig'layotgan mashhur surati bor. Lekin u qanday futbolchi sifatida etishdi – bunga hech kim shikoyat bildira olmaydi. Bu erda ko'p jihatlar mavjud. Biz alohida holatlar bo'yicha aniq xulosalar chiqara olmaymiz.

Lekin, albatta, 10–12 yoshli bola doimo qo'llab-quvvatlaydigan va ko'nglini ko'taradigan onasining mehrini his qilib turish uchun otasining maslahati kerak bo'ladi. Axir, inson shaxs sifatida asta-sekin shakllanadi, 2–3 yil ichida emas. O'tish kerak bo'lgan muhim bosqichlar mavjud. Hammada ham bu jarayon bir tekisda sodir bo'lmaydi. SHaxsning bosqichma-bosqich shakllanishi o'ziga xos fundament sanaladi. Agar u bolaning oila yaqinida bo'lgan paytda o'rnatilgan bo'lsa, ishonchliroq bo'ladi.

Angliya va Germaniyada 14 yoshgacha bo'lgan yosh futbolchilarni boshqa akademiyalarga o'tkazishda cheklovlar mavjud (Germaniyada bola uyidan 25 km uzoqroqda joylashgan maktabda o'qimasligi kerak). Biz nostandart, ulkan mamlakat ekanligimiz aniq. Istedod sohibi qaysi qishloqda tug'ilishini bilmaysan. Albatta, ular qobiliyatni rivojlantirishni xohlashadi, shu jumladan, har bir kishi Moskvaning boshqa darajaga ega ekanligini tushunadi. Ammo bola olti oy davomida o'z oilasini ko'rmasa, bu ko'pincha umumiy ijtimoiy rivojlanishga salbiy tasir qiladi.

— Oiladagi bolalarni 12–13 yoshdan ertaroq sport maktab-internatlariga olib borib bo'lmaydi, deb qonunchilikka kiritish kerakmi?

— Tanganing ikki tomoni bor. Ulardan biri psixologik. Ha, o'spirinning ketishi, olti oy davomida ota-onasidan 2000 km uzoqlikda yashashi qiyin. Yangi kelganlarda birinchi oydayoq kayfiyatning ko'tarinki bo'lishini payqadim: ularni “Spartak” yoki boshqa akademiyaga olib ketishdi. Keyinchalik ular odatdagi turmush tarzi buzilganligini ko'rishadi. Siz o'z uyingizda doimo qarshisiga boradigan muzlatgichning bu erda yo'qligi juda achinarli, onangiz bilan maslahatlashishning iloji yo'q. Internet tufayli muloqot qilish uchun juda ko'p imkoniyatlar mavjud, ammo bu jonli muloqotga teng kelmaydi.

Ikkinchi tomondan esa mamlakat sifatli futbolchilarni etishtirishni istaydi. Bu borada Moskva ko'pgina Evropa akademiyalaridan orqada emas, shu bois odamlar bu erga intilishadi. Ammo hududlarda sharoitlar boshqacha: jismoniy tarbiya bo'yicha murabbiy, psixolog va hokazolarni ushlab turish imkoniyati yo'q. Malum bo'lishicha, 14 yoshida ular shaxsiy rivojlanish uchun qilinishi kerak bo'lgan barcha ishlarni amalga oshirgan, ammo futbolchi bo'lish uchun kechikkan. Bu erda tizimli yondashuv zarur.

Nega Germaniyada uydan erta ketishga bunday ehtiyoj yo'q? CHunki har bir hududda juda yaxshi sharoitga ega, munosib futbol markazlari mavjud. Masalan, Myonxengladbax, Dortmund, “Maync” va boshqa jamoalarning akademiyalari  “Bavariya” akademiyasidan tubdan farq qilmaydi. Jihozlar, oziq-ovqat darajasi, turar joy, o'qitish va boshqalar bo'yicha deyarli tenglik. Hozirda biz Rossiyada shunday mintaqaviy markazlarni yaratish haqida gapiryapmiz, yani 12 yoshida bolalarni Sibirdan Moskvaga olib bormaslik, ularning to'g'ri ijtimoiy rivojlanishiga to'sqinlik qilmaslik, ota-onalarga azob-uqubat keltirmaslik kabi muammolarni bartaraf etish lozim.

Ammo global miqyosda olib qaraganda, akademiyaga qabul qilish yoshi hamma narsani hal qilmaydi. Akademiyalar sport dasturi bilan bir qatorda, psixologik va tarbiyaviy dasturga ega bo'lishi muhimroq. “Spartak”da ishlaganimda, yuqoridagilar bo'yicha o'zim dastur yozib, uni amalga oshirganman. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, o'spirinlarning [ijtimoiy hayotda va futboldagi] moslashuvi yaxshiroq bo'ladi. Uning yaqin atrofida qarindoshlari yoki mutaxassis bo'lmasa, bola o'z muammolari bilan yolg'izlanadi hamda tengdoshlari kabi fikrlash qobig'ida qoladi.

— Sport maktab-internati qanchalik yaxshi bo'lmasin, baribir ko'cha talimiga yaqinroq — bu muhit esa oilaviy muhitdan ancha murakkabroq. SHunday emasmi?

— U darajada emas. Yaxshi maktab-internatlarda har kim uydagidan ko'ra ko'proq turli xil ekskurciyalar va madaniy tadbirlar guvohiga aylanadi. Tarbiyaviy ishlar uchun kam etibor berilayotgani boshqa masala. Darhaqiqat, “Spartak” akademiyasida (2012 yildan 2017 yilgacha o'sha erda ishlaganman) Rossiya futbolidagi birinchi psixolog bo'lganman. Boshqa akademiyalarda bu lavozim mavjud emasdi.

— Hozirda boshqa klublarda ham tashkil etilganmi?

— Bazilarida. Ammo psixologlar turli yo'nalishlarda kelishadi. Siz psixodiagnostikni qabul qilishingiz mumkin, ammo u tarbiyaviy ishda ahamiyatga ega bo'lmasligi mumkin. Biz “Spartak”da qurgan tizim o'spirinlar bilan ko'p mashg'ulotlar o'tkazganimiz bilan ajralib turardi. Ular tarbiya, urf-odatlar, aka-uka Starostin va boshqalarning ijobiy jihatlari, umuman rus tarixi haqida suhbatlashardilar. Bu futbol mashg'uloti emasdi. Katta yoshdagi bolalar bilan suhbatga futbol mavzusi ham qo'shilgandi.

— O'spirinlar psixologni qanday qabul qilishdi?

— Katta yoshdagilar birinchi navbatda ehtiyotkor bo'lishadi. CHunki ularning bolaligi bu tariqa kechmagan. Ammo suhbat davomida bir-birimizga ko'nikardik. Hozirgi bolalar esa psixologlarni odatiy qabul qilishadi. Ularning ongida shunday o'rnashgan. SHu bois, besh yillik mashg'ulotlar, treninglar,  musobaqalar (bazida men murabbiyning o'rindig'ida bo'lganman) davomida bu haqda hech qanaqa hazil eshitmaganman. Bu ular uchun normal holat.

Ularning o'zlari muntazam ravishda suhbatga kelishdi: “Vadim Anatolevich, o'yinimni tomosha qiling”. Ular diqqatni jamlash, chalg'ituvchi omillarga qarshi kurashish, hayotning bazi lahzalari to'g'risida so'rashardi. Ular shunchaki har kuni yonimga kelishardi. 97-yil undan kichik yoshdagi yigitlar nimagadir intilayotgan, erishmoqchi bo'lgan avlod hisoblanadi.

Yoshlar rejimni buzishi mumkin degan fikr keng tarqalgan. Ammo 5 yil davomida akademiyada umuman bunaqa holat kuzatilmadi. Hatto eslash uchun arzirli hodisa bo'lmagan. Kimdir pivo tanloviga sinov uchun bordi, biz esa bundan hatto tashvishlanmadik ham.

— Ular superprofessionallarmi?

— Yo'q, ular oddiy bolalar. Hozirda “Spartak” bilan shartnoma imzolagan yoshlar: Rasskazov, Maksimenko, Lomovickiy. Ular maoshini shahardagi uylarga sarflash qilish o'rniga bazada yashashadi. Masalan, Lomovickiy moskvalik, shaxsiy kvartirasi bor. Ammo unga bazada yashash qulayroq — u erda biror erga borishga vaqt va kuch sarflashning hojati yo'q, shuningdek, qo'shimcha mashq qilish, sport zaliga borish imkoniyati mavjud.

— Sluckiy 9 yil oldingi qaydlarida uydan erta uzoqlashish xavfi haqida shunday yozgandi: “Spartak” akademiyasiga boshqa shaharlardan kelganlar moskvaliklardan kuchliroq bo'lishi kerak. Ular taklif qilinganidan so'ng, turar joy va ovqatlanishi uchun pul to'lashi kerak. Ammo so'nggi yillarda “Spartak”ning eng yorqin tarbiyalanuvchilari moskvaliklar hisoblanadi — Rebko, Dzyuba, Torbinskiy (bolaligida Moskvaga ko'chib o'tgan), Parshivlyuk. Malum bo'lishicha, uydan erta chiqib ketish istedodlarni yo'q qiladi. Hozirda vaziyat qanday?

— Vaziyat bir tekisda. Misol uchun yuqorida sanaganlarim: Rasskazov va Maksimenko internatdan, Lomovickiy va Ignatov esa moskvaliklar. Hozir “Spartak-2” tarkibidagi Rudenko va Melkadze ham maktab-internatda voyaga etgan. Men ularning barchasi bilan ishlaganman.

— Psixologik portretlar tuzganmisiz?

— Har bir portretning ham ijobiy, ham bazi zaif tomonlari bor.  Agar “Spartak” haqida gapiradigan bo'lsak, ikki yil oldin men Mixail Ignatov psixologik parametrlar bo'yicha eng yaxshilardan biri ekanligini aytgandim. Aleksandr Maksimenko ham yaxshi. Umuman olganda, hozir “Spartak” bazasiga kirib kelayotgan yigitlarning psixotipi yaxshi. Stressga chidamli, o'rganuvchan, ochiqko'ngil, maqsadi bor yigitlar.

— Yana bir nazariya: akademiyalarda to'g'ri talim berilmagani sababli rossiyalik futbolchilar katta pulga evaziga bo'lsa ham yomonroq tayyorlanishgan.

— RPLning eng yaxshi klublarining akademiyalarida shunga qaratilgan mashg'ulotlar o'tkaziladi. Ammo ular 15–16 yoshda. Ular birinchi maoshni qanday eng yaxshi tasarruf etish kerakligi, agent kim va u bilan qanday munosabatda bo'lish, birinchi murabbiyga bo'lgan munosabat, hurmat haqida va hokazolar haqida gapirishadi. Ammo qaerdadir bular intensiv va jiddiy tarzda olib boriladi va bu natija bera boshlaydi.

— Nega “Spartak”ni tark etdingiz?

— Akademiyadan so'ng bizning tizimimiz o'rinbosarlar va “Spartak-2”ga tatbiq etiladi, degan gap bor edi. Bu haqda akademiyaning avvalgi rahbarlari — Valentin Klimko va Sergey Rodionov bilan kelishib olgandik. Biz ishni tizimlashtirishni rejalashtirgandik, shu orqali tarbiyalanuvchilarimiz yuksala boshlar, ehtimol, asosiy jamoaga qo'shilishi kerak edi.

Men bu masalani direktorlar kengashi muhokamasiga taklif qilganini bilaman, ammo keyin nima bo'lganini tushunmadim. Umuman olganda, rus futbolida psixologning rolini tushunish o'rta darajada. Masalan, “Sevilya”  akademiyasining o'zida 11 nafar, “Yuventus”da 4 nafar, “Barselona”da 3 nafar shu vazifani bajaradigan xodim ishlaydi.

Umuman olganda, oldinga harakat yo'q edi. SHu bilan birga, meni Moskva futbol federaciyasi qoshidagi K.I.Beskov nomidagi bolalar va o'smirlar futbol murabbiylarini tayyorlash markaziga ishga taklif qilishdi va men rozi bo'ldim. Bu erda menda yosh murabbiylarga o'z g'oyalarimni etkazish uchun “Spartak”dagidan ko'ra ko'proq imkoniyatlar bor.

— Evropa akademiyalaridagi psixologlar haqida gapirdingiz. Siz u erga tez-tez borasizmi?

— Men muntazam ravishda Evropa konferenciyalariga va stajirovkalarga boraman. Ilgari psixolog sifatida borardim, hozir esa markaz rahbari sifatida tashrif buyuraman. U erda futbol psixologlarning bir maqomi esda qolarli. Masalan, Germaniyada shtatda psixolog bo'lmasa, akademiya talim va sport faoliyati uchun licenziya ololmaydi. Yoki yana bir misol: yaqinda belgiyaliklar jarayonni guvohi bo'lish uchun uchun “Lokomotiv” maktabiga kelishdi. Ular yurishdi, yurishdi va bir payt “Psixologingiz qaerda?”, deb surashdi. Bu bizga hazilday tug'ildi, unga “Loko” akademiyasi direktori Aleksey SHchigolev shunday javob berdi: “Mamlakatimizda bitta futbol psixologi bor va u Moskva futbol federaciyasida ishlaydi”.

Asta-sekinlik bilan Rossiyada ham bu kasbga qiziqish paydo bo'ladi. Vaqti-vaqti bilan CSKA, “CHertanovo”, “Lokomotiv”da maruzalar o'qiyman.  — “Dinamoga”chi? Yo'q, ularga etibor qilmaganman. Ammo bu erda yana bir jihat bor: agar psixolog sobiq sportchi (bizning sohada — futbolchi) bo'lsa, nur ustiga alo nur bo'ladi. Aks holda, u ishning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganolmaydi. Masalan, men badiiy gimnastika bilan shug'ullanuvchi qizlarga hech qanday yordam bera olmayman, chunki bu sport turini tubdan bilmayman.

Men butun umrimni futbolga bag'ishlaganman, birinchi va ikkinchi ligada (Omsk Irtish, Novosibirsk SKA uchun) o'ynaganman, o'zimdan o'tganini o'zim bilaman, turli suyak sinishlari, tizzam operaciyasi, odam qanday tuzalib ketadi, nimani his qilishni anglab etganman. Faoliyatimni yakunlagandan keyingina murabbiy bo'lish uchun o'qishga kirdim, keyin esa psixologiya bo'yicha ikkinchi mutaxassislik diplomini oldim.

— Sport psixologiyasiga qanday kirib keldingiz?

— 90-yillar edi. Menga psixolog lavozimini taklif qilishdi. Omskda murabbiylik licenziyasiga o'qish paytida kurs rahbari: “Sizda psixologiya bo'yicha ikkinchi mutaxassislik malumoti bormi? Futbol psixologiyasi haqida biror narsa o'qiy olasizmi? SHu tariqa, dokladga tayyorgarlik ko'rdim, uni himoya qildim — menimcha, u barchaga manzur bo'ldi. Bora-bora psixologiya bilan ham shug'ullanadigan futbolchi borligi haqida gap-so'zlar yangray boshlandi. Qandaydir tarzda bu gaplar Moskvaga etib bordi va meni “Spartak” akademiyasiga taklif qilishdi.

— Darhol taklif qilishdi va siz rozi bo'ldingiz?

— Aslini olganda, bu kamtarlik tuyulishi mumkin: o'sha paytda men sobiq futbolchi, psixologiya sohasini ham tushunadigan licenziyaga ega murabbiy edim, yani uchtasi birida. Mamlakatda esa bunday odamlar yo'q edi. “Spartak” akademiyasi buni yuqori baholadi.

— Nima uchun psixologlarni Rossiya futbol jamoalariga tez-tez taklif qilishmaydi?

— Ularning hammasi ham uslubi bo'yicha to'g'ri kelmasligi mumkin. Misol uchun, men psixolog chaqiraman, u nimanidir o'qib berishi uchun. Ammo psixologiyada ham turli yo'nalishlar mavjud, masalan, klinik psixologiya. U futbolchilarning ruhiy tushkunligi va xavotiri haqida so'zlaydi. Bu jamoa talabiga javob bermasligi mumkin. Yoki boshqa misol: futbolning “f” harfini tushunmaydigan odam keladi-da: “Bu erda nima qilib yuribsiz — to'p tepibmi? Menga psixodiagnostika o'tkazishga ruxsat bering”, — deydi. Lekin u buni futbolga qanday moslashtirishni bilmaydi. Buning uchun esa murabbiy psixologiya bo'yicha kitoblarni o'qishi kerak bo'ladi. Deyarli barcha akademiyalarda avvallari psixologlar bilan salbiy tajribalar mavjud bo'lgan. CHunki ularda aniq echim bo'lmagan.

— Rossiyadagi barcha akademiyalar qachon o'z psixologiga ega bo'ladi degan tushuncha bormi?

— Ularni kim tayyorlaydi? Ular qaerdan keladi? Men bu sohaga tasodifan kirib qolganman. Psixologik anjumanlarda qatnashish darajasiga etgan sobiq futbolchi, Federaciya Kengashining jismoniy tarbiya va sport bo'yicha ekspertlar kengashi azosiman. Yaxshi psixologlar futbolga kirishi uchun ularni tayyorlash kerak.

Ha, Rossiya davlat jismoniy tarbiya universiteti, Moskva davlat universiteti va boshqa oliy o'quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlanadi, lekin ularning ko'pchiligi futbolga mos kelmaydi. Yaxshi telefon uchun yaxshi quvvatlovchi boru, u boshqa brendga tegishli. SHunday qiyoslash mumkin. Qaerda mos kelishi mumkin, ular o'zlari ilgari shug'ullangan sportda bo'lsalar. Futbolda bunday narsa deyarli yo'q. Ertaga barcha akademiyalarga psixolog kerakligi elon qilinsa, akademiya va o'smirlar sport maktablarida kim ishlaydi?

— Bilmayman.

— Nazarimda, bir kun kelib, kimdir boshini qamashtirib, o'ylaydi: “Voy, mening xotinim boshlang'ich sinf o'qituvchisi. Kel, harakat qilib ko'ramiz”. Yoki: “Mening do'stim ham o'qituvchi, shuni tavsiya qilib ko'raylik...”  SHu tariqa, shunday kishilar bir yil ichida bu lavozimni obro'sizlantiradilar. Futbolchilar o'ylaydilar, nega uni jalb qilishdi? Yoki psixologlar o'z kabinetlarida pashsha qo'rib o'tirishlari mumkin, hayot esa avvalgidek davom etaveradi. Futbol psixologlari ham xuddi futbolchilar, murabbiylar kabi o'z o'stida ishlashlari kerak.

“Yuventus” akademiyasining psixologlari maydonda — murabbiyning yonida”, — Vize o'z taassurotlari o'rtoqlashdi. — Doimiy aloqa, mashg'ulot jarayonlarini muhokama qilish, fikr almashish odatiy holga aylangan. Bilbaodagi psixolog esa alohida mavzu, akademiya uning tizimiga bo'yicha ishlaydi. Hozir bu ayolni katta pul evaziga Qatarga taklif qilishgan. Mamlakatda jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rilmoqda, barcha sohalardan elita mutaxassislari yig'ilib, ularga yuqori mablag' to'lanmoqda.

Bilbaoda barcha tanlovlarni murabbiylar emas, bolalar aytishadi. Ushbu tizimda bolaning o'zi talim va tarbiya jarayonining to'liq azosi hisoblanadi. Masalan, “kvadrat” (to'pni nazorat qilish mashqi) o'yinida biror narsa o'xshamasa, murabbiy mashg'ulotni to'xtatib: “Sizda qaror qabul qilishingiz uchun 30 soniya bor, nega bu usul o'xshamadi?” Ular esa o'z echimlarini aytishlari kerak.

Davom etamiz. Rossiyada o'yinni tahlil qilish xatolar ustida ishlash orqali quriladi, bu esa, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Yigit professional darajaga chiqsa, u shunday deb o'ylaydi: “Ha, men juda ko'p xatolar qilaman, menga bu erda to'p surish hech qachon nasib qilmaydi”. Bilbaoda esa shunday tahlil qilinadi: ular o'yin videosini tomosha qilishadi, vaqti-vaqti bilan malum vaqtlarda to'xtatishadi. Uchta yigit chiqadi va ular o'z fikrlarini bildirishlari kerak: ushbu vaziyat qanday sodir bo'ldi, qaerda pas berish kerak edi, bo'sh hududlar qaerda, ushbu imkoniyatni qay tariqa bajarish qulay bo'lardi va hokazo. 12 yoshdan boshlab, ular shunga o'rgatiladi. Faqat o'z tarbiyalanuvchilari bilan o'ynasa ham, ispan metodlari asosida asosiy jamoa juda yaxshi natijalarga erishib kelgan. Ajoyib akademiya. Bu erda nafaqat axloqiy, shaxsiy, balki intellektual tarbiya ham mavjud. Ular ushbu tizimni jamoadagi turli jarayonlarga o'tkazadilar. 

Urugvay terma jamoasi ustozi Oskar Tabaresning menga juda tasir qilgan bir hikoyasi bor. 2000 yillar boshidagi jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchragach, terma jamoa yig'inida uning birinchi aytgan gapi shunday bo'ldi: “Biz milliy terma jamoa uchun ajoyib baza qurishimiz kerak, u erga 13–17 yoshli futbolchilar kelishadi. SHunday bo'lishi kerakki, ular o'sha erga kelganlaridan faxrlanishlari kerak”. Keyinchalik o'spirinlar akademiyaga kelishgach, birinchi ko'zga tashlanadigani bu maydon yokm butsalarlar emas, aynan Oskar Tabaresning o'zi bo'ladi.

Zero, Oskar futbolchilik faoliyatidan so'ng boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lib ishlab, tegishli talim oldi. Tabares ularga bir yarim soat tarixiy-tarbiyaviy maruza o'qiydi: nega urugvayliklar o'z tarixi bilan faxrlanishlari kerak; eng yaxshi o'yinchilar kimlar; mamlakat qanday rivojlangan; urugvayliklarning mentaliteti nimani anglatadi va hokazo. Bu usul sezilarli tasir ko'rsatadi: bu yigitlar Tabares nima desa, shuni qilishga shay holatga keladi. Endi kimni qaerga qo'ysa, o'sha erda o'ynaydi, himoyadami — himoyada. Betobligiga qaramay, mashg'ulotlarda o'tkazishda hamda talim berishda davom etayotgan Tabares ular uchun haqiqiy timsolga aylandi.

Hiddink o'smirlar maktabida 8 yil jismoniy tarbiya o'qituvchisi bo'lib ishlaganini ham bilasizmi? Uning otasi o'sha erda direktor edi. Bu odamlar futbolda to'g'ri tarbiya qanchalik muhimligini tushunishadi. Bizda esa buni anglash qiyinroq.

Bazi akademiyalarda murabbiylik maktabi dasturi ishlab chiqilgan. Londonning “Arsenal”ida avval (hozir qandayligini bilmayman), masalan, akademiyadan himoyachilar asosiy jamoaning markaziy himoyachisiga, akademiyadan hujumchilar esa asosiy hujumchiga biriktirilgan. “Arsenal” avtobusi bazaga to'xtagach, har bir yosh futbolchi o'z ustozi oldiga yuguradi. Ular bir-birlarini bevosita ko'rish orqali bilishardi. Murabbiylar ishlar qanday ketayotganini so'rashardi. Ularga falonchi daqiqada, falonchi vaziyatda qanday ochilish kerakligi haqidagi bazi futbol savollari berilardi. Yoki ular shunchaki kundalik narsalar haqida suhbatlashishardi. Murabbiy aytgani boshqa, bir mavsumda 20 ta gol urgan futbolchining so'zlaganlari boshqa. Siz bundan faxrlanasiz. Bundan tashqari, yana bir asosiy jihat: o'sha bolakay mashhur o'yinchining ham aslida oddiy odam ekanligini tushunadi. Masalan, uning buvisi ham (xuddi sizniki kabi), pirog pishiradi. Yosh yigitlar bir kun kelib shunday bo'lishlari mumkinligini his qiladi, yani qarshisida turgan iqtidorlar osmondan tushib qolmagan. Bu jarayon oddiy ko'rinsa-da, aslida ko'p narsani anglatadi.

NEGA RUS FUTBOLCHILARI MAG'LUBIYATDAN QO'RQISHADI?


Evropada psixologlar allaqachon nafaqat bolalar, balki kattalar futbolining bir qismiga aylanib ulgurgan.

— “Lucho odamlari” filmini tomosha qilsangiz, — davom etadi Vize. — Unda Luis Enrike hayotidagi bir kun, “Barselona”ni boshqargan davri aks etgan. Undagi ikki daqiqada psixolog aks ettirilgan ko'rinish bor. Psixolog doimo bosh murabbiy bilan zaxira o'rindig'ida, va maydon chetida birga bo'lishadi. Masalan, jamoaning CHempionlar ligasi o'yiniga tashrifi aks ettirilgan: Enrike birinchi bo'lib chiqadi, psixolog (Xoakin Valdes — uning ismi) ikkinchi yoki uchinchi navbatda qadam bosadi.

Anchelottiga butun umri davomida “San-Siro”da faoliyat olib borgan Bruno Demikelis yordam beradi. Karlo ota qaerda bo'lmasin, uni ko'rgani borib turardi: “CHelsi”da payti ham, “Bavariya” boshqaruvida ham. Sven-Eran Eriksson o'zining psixologi bilan hamkorlikda “Futbol haqida” deb nomlangan kitob yozgan. Kitobda ko'pgina qiziqarli malumotlar jamlangan. Xorijda bu yo'nalishdagi izlanishlar uzoq vaqtdan beri keng darajada olib borilmoqda. Xususan, bu jarayon murabbiyga bolalar bilan o'zini to'g'ri tutishga va ularga baqirmaslikda yordam beradi. Psixologik bosim bola futbolda duch kelishi mumkin bo'lgan eng katta muammo bo'lsa kerak. Afsuski, bu Rossiyada muntazam ravishda sodir bo'lmoqda.

—  Bir kuni men bolalar o'yinida edim, u erda murabbiy bolalarga tinimsiz baqirardi. Men ota-onamdan bu haqda so'ragandim, ular: “tartib-intizom shunday”, deyishdi.

“Ular G'arbda odamlar qanday ishlashini ko'rishmagan. Siz hamma narsani boshqacha yo'l orqali etkazishingiz mumkin. Tinch va do'stona tarzda. Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy Boris Ignatev yaqinda Ispaniyadan qaytib keldi. Ignatev u erda “Valensiya” va “Elche” akademiyalarida bo'ldi. Uning aytishicha, birorta ham jilmaymaydigan hamda bolalarga etibor qaratmaydigan murabbiyni ko'rmadim.

Bilbaodagi ishlar yanada qiziqroq ko'rinadi. “Zenit” akademiyasining katta murabbiyi Ivan SHabarov ular bilan uchrashganida, bir bolaning o'zi darsdan keyin murabbiy qarshisiga kelib, nimadir deganining guvohi bo'ldi. U nima to'g'risida gapirdi, deb so'radi SHabarov. Murabbiy javob berdi: “U yonimga kelib, bu hafta unga unchalik ahamiyat bermaganimni aytdi. Futbolchi haqida tez-tez fikr bildirish yoki shunchaki maslahat berishim mumkin. Aks holda, u yomonroq rivojlanishdan qo'rqadi”. O'sha bolakay 13 yoshda edi.

Murabbiy bolakayni quchoqlab, ismini aytib murojaat qildi va shunday javob berdi: “Albatta! Hammasi joyida — kelishdik!”. Ular umuman boshqa mentalitet. Darhaqiqat, murabbiy madaniyati munosib bo'lsa, psixolog tayyorlay bilsa, kelajakda mahoratli  yosh futbolchilarning katta zaxirasini hosil qilishimiz mumkin. Biroq bizda bu poydevor puxta ishlab chiqilmagan. Texnik jihatdan — etarli, jismoniy jihatdan — biz umuman sayyoramizning qolgan qismidan oldindamiz, uslubiy jihatdan bizda 50-yillardan beri hamma narsa ajoyib edi. Ammo psixologiya nuqtai nazaridan ancha oqsaganmiz.

— Rossiyalik futbolchilar juda qattiq stressli vaziyatlarni boshdan kechirishmoqda: hozirda terma jamoa JCH oldidan faqat ortiqcha bosim tufayli qoniqarsiz o'yin namoyish etganga o'xshaydi, chunki ikki hafta ichida qanday o'ynashni o'rganib bo'lmaydi; katta turnirlarda o'yinchilarimiz ko'pincha dribling qilishdan, tavakkal qilishdan qo'rqishadi va har bir xato ularni jazavaga solib qo'yadi. Bu qisman bolalar murabbiylari baqirishlarining mahsuli bo'lishi mumkinmi?

— Yuz foiz. Italiyaliklarning “Texnika bo'yicha qo'llanma” kitobida, eng boshida shunday ibora bor: “Futbol — o'yin-kulgi orqali o'rganiladi”. Biz uchun esa bu darhol sarosimaga aylanadi, “jamoaga zarar etkazding”, “xiyonat qilding” kabi iboralar qo'llaniladi. Bola esa shunchaki futbol o'ynashni xohlaydi.

Bu murabbiylarga ham tegishli. Anchelotti shogirdlari CHempionlar ligasi finalida “Liverpul”dan uchta gol qabul qilib olgani yodingizdami? Keyinchalik u o'zi intervyusida aytganidek, o'yindan keyin Istanbul qirg'og'i bo'ylab sayrga chiqqan. “Men yurdim va o'yladim: “Bolaligimdan singdirilganidek, menda hali ham futbolga ishtiyoq bormi? Bor. SHogirdlarim o'yin davomida yaxshi harakat qilishdimi? Ha. Hechqisi yo'q, 9 daqiqa omadsizlikka uchradik, ammo qolgan vaqtlarda biz yaxshi o'ynadik. Agar ishtiyoq saqlanib qolsa, shu tariqa davom eting va o'z ustingizda ishlang”.

U hammasiga ko'z yumib, Istanbul qirg'oqlaridan, undagi go'zal chiroqlardan zavqlanish uchun sayr qildi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan, CHempionlar ligasida g'olib chiqdi. O'ylaymanki, bizning murabbiy bunday mag'lubiyatdan keyin darhol kasalxonaga yo'l olgan bo'lardi. CHunki ular menga shunday o'rgatishgan: endi hammasi tamom.

Hozirgi murabbiylar texnik, taktik va jismoniy tayyorgarlikka qanday etibor berishsa, psixologik tayyorgarlikka ham shunday etibor qaratishlari kerak. Ayni damda, o'yindan keyin murabbiy: “Bugun biz psixologik sabablarga ko'ra mag'lub bo'ldik” deganida, ishontirib aytamanki, uning ko'pchilik o'yinchilari nima haqida gapirayotganini bilishmaydi. Futbol evolyuciyasi o'zgarishlarni talab qiladi va ular qachondir baribir kirib keladi.

Oqil Abdubarnoev tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика