So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  19 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Klublar va muxlislar (Munosabat) Yangiliklar

Klublar va muxlislar (Munosabat)

Futbol – muxlislar uchun! Bu gap ko'p va xo'b aytilgan. Albatta, maydonga tushgandan keyin futbolchilar hamma narsani unutib, bor etiborni o'yinga qaratishadi.

O'yin muxlislar uchun kechadi. Ishqibozlarning olqishlab turishi har bir jamoaga zavq bag'ishlaydi. 

Yaqinda bir hamkasbimiz mendan so'rab qoldi: “Hozirgi o'zbek futbolida klublar va muxlislar o'rtasidagi munosabatga qanday qaraysiz?” SHunda bir nimalar deb javob berdim, lekin vaqt o'tib bu savol ustida ko'proq bosh qotirdim va unga atroflicha javob izlash o'zimga ham qiziq tuyuldi.


Klub va uning vazifalari

Har bir klubning faoliyat yuritishdan maqsadi avvalo futbol musobaqalarida ishtirok etish hisoblanadi. Bu klublarning nizomida yozib qo'yilgan. SHu bilan birga klub o'z muxlislarini ham unutib qo'ymasligi kerak. Lekin hozirgi paytda bizda vaziyat biroz o'zgargan. Oliy liga klublari eng avvalo o'z tashvishlari bilan band bo'lib qolishdi va buning uchun ularni tushunamiz. 

O'z tashvishi bilan band deganda ularning avvalo PFLga badal pullarini to'lash, asosiy va o'rinbosarlar tarkibini bir yillik ekipirovka bilan taminlash, futbolchi-murabbiylar bilan shartnoma tuzish, ularga oylik maosh va pul mukofotlarini vaqtida to'lab borish, futbol maktablariga etibor, bolakaylarni futbol maydoni va kerakli sport inventarlari bilan taminlash kabilarni tushunamiz. 

Ishoning, bularning bari bir degan bilan bo'lib qolmaydi. Masalan, oliy liga va O'zbekiston Kubogida qatnashish uchun to'lanadigan badal puli (180 million so'm)ning o'ziyoq mavsum boshlanmasidan oldin klublarni “chaqib” oladi. Keyin navbati bilan boshqa xarajatlar boshlanadi. Oliy ligaga start berilib jamoalar yutishni boshlagach, mukofot pulini berish avj oladi va bu ham har bir g'alaba uchun kam pul bo'lmaydi. 

To'g'risini aytish lozim, mana shunday pallada muxlislar bilan ishlash ikkinchi, hatto uchinchi darajaga tushib qoladi. Lekin buni ham to'g'ri tushunish kerak. Ayrim muxlislar nolishadi: “Klub bizga etibor bermayapti, bayroq, sharflar qilib beramiz, doira-barabanlar olib beramiz deyishgandi, lekin haliyam jimlik. Klub rahbariyatiga murojaat qilganimizda biroz kutinglar, hammasi bo'ladi degan gapni aytishdi”. 

Bir tomondan muxlislarni ham tushunsa bo'ladi: ularda bayroq, sharflar yoki baraban bo'lmaganidan stadionni larzaga keltira olishmayapti, ammo ikkinchi tarafdan klub o'z muxlislarini kerakli narsalar bilan taminlashga majburmi? Yani, muxlislarga moddiy yordam ko'rsatish, ularni safar o'yinlariga olib borish, avtobus tashkil qilib berish klubning ishiga kirmaydi. Klub faqat o'z nizomida ko'rsatilgan vazifalar bilan shug'ullanadi.


Muxlislar nima qilishi kerak? 

O'zbekiston Kubogining ¼ final javob bahsida “Buxoro” ishqibozlari “Lokomotiv” bilan bahsda o'z suyuklilarini TTZdagi stadionda chiroyli olqishlab turishdi. Eshitishimizcha, o'yinni ko'rish uchun bir avtobus odam Buxorodan kelgan ekan. Stadionda bunday muhitni ko'rib xursand bo'ldik. Avvalo vaqtini ayamay shuncha yo'l bosib kelgan muxlislarga katta rahmat. Endi ularning qanday kelgani - o'z hisobidanmi yo klub yordam berganmi - bu boshqa masala. Muhimi, ular kelishdi va stadionda chiroyli muhitni yuzaga keltirishdi. 

Bazi klublar o'z imkoniyatidan kelib chiqib muxlislarga ham yordam qo'lini cho'zishadi. Ishqibozlarni ayniqsa, safar o'yinlariga borishda avtobus tashkil qilib berishadi. Bu - yaxshi, lekin hammada ham shunday qilishga imkoniyat yo'q. Imkon yo'qligidan tanqid qilish ham noto'g'ri. CHunki klub o'z yog'iga o'zi qovurilayotgan bir paytda avvalo natijani o'ylab qoladi va muxlislar masalasi ko'p ham qiziqtirmaydi. 

Yana shuni takidlash kerakki, har bir klub muxlislar uchun o'ynagani bilan doim o'z ishqibozlari uchun qayg'urishi shart emas. SHu bois aksar fan-klublar yil boshida yig'ilib fan-klubga azolik badal puli haqida gaplashib olishadi. Keyinchalik jamoani qo'llab-quvvatlash uchun safar o'yinlariga borganda yig'ilgan puldan yo'lkira va oziq-ovqatga ishlatiladi. SHundan kelib chiqib muxlislar klub qachon yordam berarkin deya kutib o'tirmasdan o'zlari harakat qilgani maqul.


Ishqibozlarga etibor qachon kuchayadi? 

Hozirgi sharoitda muxlislarga bo'lgan etiborni kuchaytirish oson emas. CHunki yuqorida aytib o'tganimizdek, klublarning o'zida tashvish etarli. Lekin muxlislar tufayli yaxshi pul ishlab olish mumkin. Bu avvalo chiptalar sotuvi bilan bog'liq. Bugungi kunda chiptalardan yaxshi foyda ko'rayotgan klublar ham bor. Masalan, “Buxoro”, “Navbahor” va “Qo'qon-1912” jamoalari. Lekin boshqa klublar stadionga kam sonli ishqibozlar kelayotgani bois chipta sotuvidan tushgan pulni asosan sarf-xarajatlarni yopish uchun sarflamoqda. Masalan, qog'oz, bosmaxona xarajatlari va shunga o'xshash narsalar. 

Qolaversa, hozirgi kunda klublar chipta sotuvidan tushadigan pulga ko'p ham qarab qolishgani yo'q. CHunki ular hukumat tomonidan biriktirilgan tegishli homiy tashkilotlardan yillik byudjet bilan taminlab kelinmoqda. Yani, muxlis stadionga kelsa-kelmasa byudjetdagi pul ishlatiladi. Agar qachondir klublarimiz xususiy bo'lishni boshlasa, ana shundagina muxlislarga bo'lgan etibor kuchayadi deb o'ylaymiz. CHunki bunda klub har bir tiyinni o'ylab ishlatadi va keladigan har qanday daromadga katta ko'z bilan qaraydi.

Klublar xususiylashtira boshlangach, klub logotipi tushirilgan kerakli aksessuarlar sotila boshlaydi, ichimlik suvlari, futbolka, kepkalar, sharflar sotuvi yo'lga qo'yiladi. Xullas, klub nimadandir pul ishlash dardiga tushib qoladi. Mavsumiy abonementlarni sotish yo'lga qo'yiladi. Tribunada muxlislar uchun sharoit qilinadi, ularni tanaffusda sektorning o'zidayoq suv va egulik bilan taminlash harakatiga tushiladi. Oilaviy sektorlar ajratiladi. O'yinlarga odam ko'p kelishi uchun turli tadbirlar tashkil qilinadi. To'g'ri, bularning baridan katta pul tushmaydi, ammo klub nazdida muxlis etibori kuchayib boradi. Va buning natijasida klublarda o'yin tinch o'tsa bo'ldi, qancha muxlis kelishi bilan ishimiz yo'q degan qarash o'rnini axir biz ular uchun o'ynayapmiz-ku, muxlis kelmasa futbolning kimga qizig'i bor degan o'y egallaydi.

X.Xoliqov. 


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика