Ro'ziqul Berdiev: "Bizga bugun uch ochko juda zarur edi"
21 sen 2025 22:48
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Bizga bugun uch ochko juda zarur edi"
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yinda balki sifat va mazmun bo'lmagandir, lekin g'alaba uchun kurash va xohish borligi har ikki jamoada ko'rindi. Maydon holati juda og'ir ekan, bu o'yinga katta tasir ko'rsatdi. Balki maydonga masul kishilar buni to'g'rilashar.
Kecha o'yinoldi mashg'ulotdan so'ng futbolchilarga oddiy o'ynab bo'lsa ham natija qilishimiz kerak deb uqtirgandik. Biz bugun oddiy o'ynadik, asosan uzun to'p uzatishlar bilan mashg'ul bo'ldik. Lekin muhimi g'alaba qozondik. Bizga bugun uch ochko juda zarur edi. Ushbu g'alaba bilan jamoamiz azolarini va uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizni tabriklayman.
- Mazmunsiz o'yin namoyish etildi deb aytib o'tdingiz. Bu "Al Ahli"ga qarshi bahsda ko'p kuch yo'qotilgani bilan bog'liqmi?
- Nafaqat biz, balki "Qizilqum" ham sifatsiz o'yin namoyish etdi. Bunday maydonda har ikki jamoa qiynaldi. "Al Ahli"ga qarshi safarda to'p tepganimiz bois tiklanib olish juda muhim edi. Shuning uchun faqat natijani o'ylab harakat qildik. Bir so'z bilan aytganda, natija uchun o'z o'yin uslubimizdan voz kechdik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar