So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Klublar karantingacha va karantindan so'ng Yangiliklar

Klublar karantingacha va karantindan so'ng

O'zbek futbolining bu yilgi mavsumi haqida gap ketganda karantingacha va karantindan keyingi payt deb ajratishga o'rganib qoldik.

Superliganing dastlabki 3 turidan so'ng mamlakatimizda koronavirus tufayli karantin elon qilinib hamma majburiy tanaffusga chiqdi. Uch oy davom etgan "tatil"dan so'ng Superliga yana davom ettirildi. Karantindan so'ng hozircha 3ta tur o'tkazildi va bu ham bazi mulohazalarga undaydi. 

SHunday ekan, quyida Superliga jamoalari karantingacha qanday edi-yu, karantindan so'ng nimalar bo'layotgani haqida to'xtalib o'tamiz. Bunda jamoalarning ayni payt turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan kelib chiqib yondashamiz. 

"Paxtakor": Uch g'alaba, bir mag'lubiyat

"Paxtakor" Superligani ketma-ket uchta g'alaba bilan boshladi. Lekin karantindan so'ng dastlabki o'yinida Jizzaxda mag'lub bo'ldi. Oxirgi ikkita turda esa yana zafar quchdi, bo'lib ham o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. 


AGMK: Ikkita durang, uch g'alaba

AGMK karantingacha ikki bor durang o'ynab, faqat bitta uchrashuvda g'alaba qozongandi. Karantindan keyin esa qatorasiga uchala o'yinini g'alaba bilan yakunladi. Qizig'i shundaki, olmaliqliklar oxirgi 3ta uchrashuvda bir xil 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. 


"Qo'qon-1912": O'zgarishsiz ketayotgan jamoa

"Qo'qon-1912" hisobida karantingacha ikkita g'alaba bor edi, karantindan so'ng ham ikki bor g'alabaga erishdi. Jamoa o'z g'alabalarini faqat uyda qo'lga kirityapti. Safarda esa hozircha ikkita o'yin va ikki mag'lubiyat. 


"Nasaf": G'alabalar ketidan duranglar

Aftidan "Nasaf" duranglar iskanjasiga tushib qolgandek. CHunki jamoa karatingacha qatorasiga uchta o'yinda zafar quchgandi. Hozir esa uch marta durang qayd etdi. Qarshiliklar uyda "Navbahor" va "Buxoro", safarda esa "Mashal"ni enga olishmadi. 


"Bunyodkor": O'sha gap, o'sha ahvol

"Bunyodkor" joriy mavsumni ketma-ket ikkita g'alaba bilan boshlab, bir bor mag'lub bo'lgandi. Karantindan keyin ham oxirgi uch turda shunday natija qayd etdi. "Qalodirg'ochlar" uyda "Qo'qon-1912" bilan "Lokomotiv"ni mag'lub etib, safarda "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berishdi. 


"Navbahor": Mag'lubiyat yo'qqa chiqdi

"Navbahor" ilk turda "Paxtakor"dan mag'lubiyatga uchragandi. Karantindan so'ng uchta o'yinda maydonga tushgan "lochinlar" ikki bor g'alabaga erishib, bir marta durang o'ynashdi. "Navbahor" ayniqsa kecha Bekobodda ishonchli o'yin ko'rsatib, maydon egalaridan 3:1 hisobida ustun keldi. 


"Metallurg": Jamoa o'zini o'nglab olgandek

"Metallurg"ning kechagi mag'lubiyatini balki tasodifga yo'yish mumkindir. Lekin jamoa karantindan keyin o'zini topib olgani rost. CHunki Andrey SHipilov shogirdlari bungacha ikkita bahsni g'alaba bilan yakunlashdi. Safarda "Lokomotiv" va "Andijon" taslim etilgani bejiz emas. 


"So'g'diyona": Yo'q g'alaba ikkitaga o'zgardi

Karantingacha "So'g'diyona" ham uchta o'yin o'tkazib, g'alaba qozona olmagandi. Oxirgi uch turda bu jamoa 7 ochkolik bo'ldi. Jizzaxliklar dastlab "Paxtakor", so'ngra "Loko"ni mag'lub etishdi. Oxirgi turda esa "Andijon" bilan kutilmagan durang qayd etildi. 


"Mashal": G'alaba bittaligicha qolmoqda 

"Mashal" ilk turni "So'g'diyona" ustidan 3:0 hisobidagi g'alaba bilan boshlagandi. Lekin muborakliklar shundan beri boshqa zafar qucha olishmayapti. Karantindan so'ng "Mashal" uchta o'yinning ikkitasini durang bilan yakunlab, bir bor mag'lubiyatga uchradi. 


"Lokomotiv": Ikkita g'alabadan uch mag'lubiyatga

Karantindan so'ng "Lokomotiv" qayd etayotgan natijalar ko'pchilik uchun kutilmagan hol bo'lib turibdi. "Temiryo'lchilar" dastlabki 3 turning ikkitasini g'alaba bilan yakunlashgandi. Ammo oxirgi uchta bahsning hammasida imkoniyatni boy berishdi. 


"Surxon": G'alaba o'rniga durang

Karantingacha o'z maydonida ikki bor to'p tepgan "Surxon" har ikkisida yutqazib qo'ygandi. Lekin jamoa safarda "Qizilqum"ni mag'lub eta olgandi. Karantindan keyin esa vohaliklar bir marta durang o'ynab, ikki bor mag'lub bo'lishdi. Bu o'rinda g'alaba o'rnini durang egalladi. 


"Andijon": O'sha gap, g'alaba qachon bo'ladi?

"Andijon" Superligada bu mavsum hali g'alaba qozonmadi. Jamoa uch bor durang o'ynab, uch marta imkoniyatni boy berdi. Farqi shundaki, karantindan so'ng "burgutlar" ikki bor durang qayd etishdi. Lekin "Andijon" qachon yutadi degan savol hamon dolzarbligicha qolmoqda. 


"Buxoro": Uchta mag'lubiyat yo'qqa chiqdi

Hartugul "Buxoro" karantindan keyin dastlabki uchta mag'lubiyatga barham berdi. Lekin bu jamoa hali g'alaba nashidasini surmadi. Muhsin Muhammadiev aytib o'tganidek, buyog'iga har bir bahs finalga teng maqomda bo'ladi. Ikki bor durang o'ynagan jamoa g'alaba uchun harakat qilsa kerak. 


"Qizilqum": Bor edi bitta durang

"Qizilqum"da karantingacha har holda bir ochko bor edi. Lekin jamoa oxirgi uch turda faqat mag'lub bo'ldi. Agamuradov shogirdlari uyda AGMK va "Paxtakor", safarda esa "Qo'qon-1912"dan mag'lubiyatga uchrashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика