So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Klublar ikkinchi davrada: kim qancha ochko yig'di? (Ikkinchi qism) Yangiliklar

Klublar ikkinchi davrada: kim qancha ochko yig'di? (Ikkinchi qism)

Teglar :  Oliy liga
Biroz avval oliy liga klublarining (1-8-o'rinlar) ikkinchi davra boshlanganidan beri shu paytgacha qancha ochko jamg'arishgani haqida to'xtalgandik.

Quyida 9-16-o'rinlarni egallab turgan jamoalarning qo'lga kiritgan ochkolarini hisoblab ko'ramiz.

"Neftchi" - 7 o'yin, 4 ochko.
Ikkinchi davrani "Bunyodkor" ustidan g'alaba bilan boshlagan "Neftchi" keyingi turlarni bo'sh o'tkazdi. Farg'onaliklar oltita o'yinda maydonga tushib, bir marta durang qayd etgan holda, beshta bellashuvda mag'lub bo'lishdi. Jamoa ketma-ket oxirgi to'rtta uchrashuvda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

"Mashal" - 6 o'yin, 5 ochko.
"Mashal" esa oltita o'yinda besh ochko jamg'ardi. Jamoa bir marta g'alaba qozongan bo'lsa, ikki bor durang o'ynab, uch marta imkoniyatni boy berdi. SHunday bo'ldiki, muborakliklar ikkinchi davraning dastlabki ikki o'yinida yutqazib qo'yishdi. Umuman olganda, "Mashal" hali Muborakda uch ochkoni qo'lga kirita olgani yo'q.


"SHo'rtan" - 7 o'yin, 9 ochko.
PFL qaroriga ko'ra, "SHo'rtan"dan uch ochko olib tashlangan. Lekin qaysi o'yindagi g'alabasi uchun uch ochko olingani malum qilinmagan. SHunga qaramay, jamoaning ikkinchi davradagi yutuqlarini keltirib o'tamiz. "SHo'rtan" o'z maydonidagi oxirgi uch uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi. G'uzorliklar hozircha durang o'ynamagan holda to'rt marta mag'lub bo'lishdi.

"Olmaliq" - 6 o'yin, 1 ochko.

Poytaxt viloyati jamoasining ikkinchi davradagi ishlari yaxshi ketmayapti. "Olmaliq" oltita o'yinda maydonga tushib, shundan beshtasida mag'lubiyatga uchradi va bir bor durang qayd etdi. SHkvirin shogirdlari hozircha ikkinchi davrada g'alaba nashidasini surishgani yo'q. Malumot uchun, "Olmaliq" birinchi davraning 7ta o'yinida g'olib bo'lgan.

"Navbahor" - 7 o'yin, 7 ochko.

Bo'lib o'tgan ettita o'yinning ikkitasini g'alaba bilan tugatgan "Navbahor" to'rt bor yutqazib qo'ydi va bir marta durang o'ynadi. Qolaversa, namanganliklar qatorasiga uchta bellashuvda g'alaba qozona olishmadi. Mavsum boshidan beri esa "Navbahor" safar o'yinlarida hali g'alaba qozonmagan yagona jamoa bo'lib turibdi: 10ta o'yin, 10ta mag'lubiyat.

"Qo'qon-1912" - 7 o'yin, 8 ochko.

"Qo'qon-1912" birinchi davrada umuman durang o'ynamagandi. Ikkinchi davrada esa bu jamoa hozircha ikki bor durang qayd etdi. SHuningdek, ikki marta g'alaba qozongan No'mon Hasanov shogirdlari uchta bellashuvda yutqazib qo'yishdi. Natijada jamoa ettita o'yinda 8 ochko jamg'ardi. Aytish mumkinki, "Qo'qon-1912" birinchi davraning barcha uchrashuvlarida faqat 9 ochko to'play olgandi.



"Andijon" - 7 o'yin, 7 ochko.
"Andijon" ham "Navbahor"ga o'xshab etti o'yinda 7 ochko ishladi. Jamoa hisobida ikkita g'alaba va bir durang bor. SHuningdek, andijonliklar to'rt bor imkoniyatni boy berishgan. Ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng "Andijon" o'tgan turda "Nasaf" bilan durang o'ynadi. Aytish mumkinki, qo'lga kiritilgan bir ochko jamoaning ushbu mavsumdagi dastlabki durangi bo'ldi.

"Obod" - 7 o'yin, 7 ochko.
Oliy liga debyutanti "Obod" ochko to'plash borasida "Navbahor" va "Andijon"dan qolishmaslikka harakat qilyapti. Negaki toshkentliklar ham 7ta o'yinda etti ochko to'plashning uddasidan chiqishdi. "Obod" ikki bor zafar quchgan bo'lsa, bir marta durang o'ynab, to'rtta bellashuvda yutqazib qo'ydi. "Obod" birinchi davraning 15 uchrashuvida faqat 8 ochko yiqqandi, hozir bo'lsa 7 ochko to'plab qo'ydi. Demak, kurash oxirigacha kechadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика