So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Klublar ikkinchi davrada: kim qancha ochko yig'di? (Birinchi qism) Yangiliklar

Klublar ikkinchi davrada: kim qancha ochko yig'di? (Birinchi qism)

Teglar :  Oliy liga
Oliy ligada ikkinchi davra boshlanganidan beri hozircha 7ta tur bahslari o'tkazildi.

Oltita jamoa ("Lokomotiv", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Qizilqum", "Olmaliq" va "Mashal") oltitadan, qolganlar esa ettitadan uchrashuvda maydonga tushishdi.

Hozircha ikkinchi davrada ikkita jamoa - "Lokomotiv" va "Nasaf" mag'lubiyatsiz bormoqda. Ikkinchi davrada umuman g'alaba qozonmagan jamoa esa birgina "Olmaliq" bo'lib turibdi. Quyida oliy liga klublarining mavsum ikkinchi yarmida 22-tur natijalaridan so'ng qancha ochko yig'ishganini keltirib o'tamiz.

"Lokomotiv" - 6 o'yin, 16 ochko.
"Lokomotiv" ikkinchi davrada hozircha oltita o'yinda maydonga tushib, shundan beshtasini g'alaba bilan yakunladi va bir bor durang o'ynadi. Jamoa safarda "Neftchi"ni enga olmadi. 20-turdan o'rin olgan "Mashal" - "Lokomotiv" bahsi oktyabr oyiga qoldirilgani bois bu jamoalar bittadan kam o'yin o'tkazishgan.



"Bunyodkor" - 6 o'yin, 10 ochko.
"Bunyodkor" safarda uchta, o'z maydonida ham uchta o'yin o'tkazdi. Qizig'i shundaki, "Bunyodkor" o'z maydonidagi uchrashuvlarda zafar quchdi, biroq safarda g'alaba qozona olmadi: bir durang va ikki mag'lubiyat. Natijada jami 10 ochko jamg'ardi. Bu esa peshqadam "Lokomotiv" bilan oradagi farq 8 ochkoga etishiga olib keldi.

"Nasaf" - 7 o'yin, 19 ochko.

"Nasaf"ga qoyil qolish kerak, jamoa ikkinchi davrani mag'lubiyatsiz davom ettirmoqda. Qarshiliklar qatorasiga oltita bellashuvni g'alaba bilan tugatishdi va oxirgi turda durang o'ynashdi. Jamoa safarda "Andijon"ni enga olmadi. "Nasaf" hozircha 19 ochko to'pladi va buni yaxshi ko'rsatkich desa bo'ladi.

"Metallurg" - 7 o'yin, 11 ochko.

"Metallurg" ikkinchi davrada uchta g'alabaga erishgan bo'lsa, har uchalasi ham uydagi bellashuvlarda qo'lga kiritildi. Safarda esa bu jamoa to'rtta o'yinda maydonga tushib, shundan ikkitasida durang o'ynadi va ikki bor mag'lub bo'ldi. Umuman olganda, bekobodliklar mavsum boshidan beri safarda atigi ikki bor zafar quchishgan.

"Buxoro" - 7 o'yin, 16 ochko.
Jamshid Saidov boshqaruvidagi "Buxoro" ikkinchi davrani yaxshi o'tkazyapti. Jamoa o'z maydonidagi uchta uchrashuvni ham g'alaba bilan yakunladi va safarda etti ochkoni qo'lga kiritdi. Buxoroliklar hozircha bitta o'yinda mag'lub bo'lishdi. "Buxoro" 21-turda "Nasaf"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.



"Qizilqum" - 6 o'yin, 15 ochko.
"Qizilqum"ning "Paxtakor"ga qarshi qoldirilgan bahsi bugun o'tkaziladi. Jamoa bungacha bo'lib o'tgan oltita o'yinning to'rttasini g'alaba bilan tugatdi. Yani, "Qizilqum" ikkinchi davraning ketma-ket to'rtta uchrashuvida zafar quchdi. Keyinchalik esa o'z maydonida durang o'ynab, o'tgan turda mag'lub bo'ldi.

"Paxtakor" - 6 o'yin, 5 ochko.
Amaldagi chempion "Paxtakor" ikkinchi davrada hozircha bir marta g'alaba qozondi. Jamoa o'tgan turda "Bunyodkor"ni mag'lub etdi. "Paxtakor" safarda to'rtta uchrashuvda maydonga tushib, shundan uchtasida mag'lubiyatga uchradi va bir marta durang o'ynadi. Albatta, "Paxtakor"dek klub uchun 6 o'yinda besh ochko jamg'arish past ko'rsatkich hisoblanadi.

"So'g'diyona" - 7 o'yin, 11 ochko.

Jizzaxliklar bu mavsum ancha sermahsul o'yin ko'rsatishmqoda. Jamoa o'z mehnati tufayli 8-o'ringa ko'tarilib oldi. "So'g'diyona" ikkinchi davra boshlanganidan beri 11 ochkoni qo'lga kiritdi. Jamoa o'z maydonida o'tkazgan to'rtta o'yindan uchtasida g'olib bo'ldi va bir marta durang o'ynadi. Safarda esa ikki marta imkoniyatni boy bergan holda bir bor durangga erishdi.

Izoh: Yuqorida oliy liga turnir jadvalida 1-8-o'rinlarda borayotgan jamoalarning ikkinchi davrada hozircha qancha ochko yig'ishgani haqida to'xtalib o'tdik. 9-16-o'rindagi jamoalar borasida esa birozdan so'ng fikr yuritamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика