So’nggi yangiliklar

20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  28 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  9 20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  11 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0

Klubda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi mavsum oldidan amalga oshirilgan transferlar va Antaliya yig'ini haqida - Yaypanning "Turon" klubi (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Klubda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi mavsum oldidan amalga oshirilgan transferlar va Antaliya yig'ini haqida - Yaypanning "Turon" klubi (Bekzod Tolibov blogi)

Yaypanning "Turon" klubi yangi mavsumdan yana O'zbekiston Superligasida ishtirok etadi.

Ketma-ket ikki mavsumdan buyon o'tish o'yinida Pro-liga vakili Superliga klubini mag'lub etishning uddasidan chiqmoqda. Avvalroq, Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" Toshkentda "Mashal"ni mag'lub etib Superligaga yo'l olgan bo'lsa, 2022-yilgi mavsum yakunida "Turon" ham yuqori ligaga chiqish uchun yagona imkoniyatdan unumli foydalandi.

"Turon" yangi tashkil etilganida ko'rgandim, o'shanda jamoa 2-liga musobaqalarida ishtirok etardi. SHunday bo'lsa ham stadion o'shanda "Turon" ishtirokidagi o'yinlarni tomosha qilish uchun kelgan muxlislar bilan to'lgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan. Klub bilan yaqinroq tanish bo'lgan kishilar yaxshi bilishadi, Yaypandagi stadion avvaldan "O'zbekiston" nomi bilan atalmagan. Xududda futbolni yaxshi ko'radigan tasischilar ko'magi ostida o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan futbol klubi paydo bo'lgach, O'zbekiston tumani hokimining maxsus qarori bilan ayni shu nom berilgan.


"Turon" bilan dastlabki tanishuvimdayoq tasischilar uchrashganman. O'shanda klub rahbariyati bosqichma-bosqich professional klub tashkil etishni maqsad qilgandilar. Tasischilar bilan suhbatda alohida bir jihat etiborimni tortdi , "Turon" akademiyasida tahsil oladigan yosh futbolchilar nafaqat jismoniy tomondan, balki dunyoviy bilimlarni ham puxta o'zlashtirishlari uchun sharoit yaratilishi aytib o'tilgandi. Aytaylik, klub akademiyasida xorijiy tillarni ham o'zlashtirish mumkin, umumtalim maktablaridagi kabi boshqa fanlarni ham. O'shanda bularning barchasiga ishonish qiyin edi, lekin klubda bugunga qadar amalga oshirilgan va oshirib kelinayotgan ishlar yuqoridagilarga isbot tariqasida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Masalan, o'tgan mavsumda "Turon" klubi uchun zamonaviy qarorgoh foydalanishga topshirilganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari, aynan klub tasischilari tomonidan yangi onlayn platforma yaratildi, jarayonda o'zim ham bevosita ishtirok etdim. Onlayn platformada barcha fanlar bo'yicha etakchi professor-o'qituvchilar maruzalari bor, bundan klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari bemalol foydalanishlari mumkin bo'ladi. SHuningdek, ortda qolgan yillar davomida "O'zbekiston" stadioni qayta rekonstrukciya qilindi, zamonaviy yoritgichlar o'rnatildi, bularning barchasiga biz kabi birdek guvoh bo'lib borayapsiz albatta. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida o'tgan mavsum Yaypan haqiqiy futbol markaziga aylandi. Dastlab O'zbekiston Superkubogi final uchrashuvi aynan "O'zbekiston" stadionida o'tkazildi va o'yingoh deyarli butun mavsum davomida "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Turon" klublari uchun mezbonlik maqomini o'tab berdi. Albatta, bu borada yaypanliklarga havas qilsak arziydi.

"Turon" Coca-Cola Superliganing yangi mavsumi oldidan quyidagi transferlarni amalga oshirdi:


Azim Ahmedov, Quvondiq Ro'ziev, SHohnazar Norbekov, Rahimjon Davronov, Islom Rashidxonov, Doston To'xtaboev va legioner futbolchilar Dushan Stoilkovich, Anri CHichinadze. SHuningdek, o'tgan mavsumni ijara asosida "Qo'qon1912" safida o'tkazgan Bilolxon Toshmirzaev jamoaga qaytdi.


Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi jamoa mavsumoldi tayyorgarlik doirasida 27-yanvardan 10-fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida xorij yig'inini o'tkazdi. Mazkur yig'in mobaynida jami 3 ta xorij klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etdi:


1-fevral, chorshanba.

"Turon" (O'zbekiston) - "Edinstvo UB" (Serbiya) 1:0


5-fevral, yakshanba.

"Turon" (O'zbekiston) - "CHernomorec Odessa" (Ukraina) 2:4


8-fevral, chorshanba.

"Turon" (O'zbekiston) - "Aktobe" (Qozog'iston) 3:1


Xorij yig'inini yakunlab, bugun erta tongdan yurtimizga etib kelgan jamoa mavsumoldi tayyorgarlikning navbatdagi qismini Toshkent shahrida davom ettiradi.


Bekzod Tolibov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика