So’nggi yangiliklar

23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   12 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  5 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  5 18:15Артём Петросян: "Бу ғалаба "Олимпик-MobiUz" билан ўйин олдидан руҳий томондан ишонч бағишлайди"  1 17:45Тимур Кападзе Патрик Клюйверт ўрнини эгаллаши мумкин  44 17:24Про лига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Олимпик" устун келди  2 16:39"Интер" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун "Ливерпуль" билан курашмоқда  1 16:10Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияни мағлубиятга учратди  9

Kloppning buyuk "Liverpul"i yangilay olmagan 6 rekord Yangiliklar

Kloppning buyuk "Liverpul"i yangilay olmagan 6 rekord

"Liverpul"ning "Uotford"dan uchralgan sensacion mag'lubiyati APLdagi chempionlik poygasiga tasir ko'rsatmaydi.

Ammo ushbu omadsizlik Yurgen Klopp va uning jamoasi uchun yoqimsiz holat, chunki "qizillar" bazi bir rekordlarni yangilay olishmadi. "Vikareyj Roud"dagi mag'lubiyat "Liverpul"ni qaysi rekordlardan mahrum qildi?


Mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi bo'yicha APL rekordi

"Liverpul" Angliya chempionatining ketma-ket 44ta uchrashuvida mag'lubiyatga uchramadi. Kloppning ushbu seriyasi 39ta g'alaba va 5ta durangdan iborat. Bungacha "qizillar"ning so'nggi mag'lubiyati 2019 yilning yanvarida, "Manchester Siti"ga qarshi bahsda (1:2) sodir bo'lgan. "Liverpul" "Arsenal"ning 49ta o'yinlik rekordini yangilashga yaqin edi. Ammo "Uotford" APL etakchisiga tarixga birinchi raqam bo'lib kirish imkoniyatini bermadi.


Mag'lubiyatsiz kunlar soni bo'yicha rekord

413 kun davomida "Liverpul"ni Angliyada hech kim mag'lub eta olmadi. "Arsenal" rekordiga ancha vaqt bor edi, ammo nazariy jihatdan Klopp jamoasi buni uddalay olardi. Londonlik "to'pchilar" 2003 yilning mayidan 2004 yilning oktyabrigacha 539 kun mag'lub bo'lmagan.


APLda ketma-ket g'alabalar soni bo'yicha rekord

Klopp jamoasi "Uotford"ga qarshi bahsgacha APLda ketma-ket 18ta uchrashuvda zafar quchdi. "Liverpul" Xosep Gvardiola qo'l ostida qayd etilgan"Manchester Siti" natijasini takrorladi. Agar "qizillar" "Vikareyj Roud"da g'alaba qozonganida, rekordni yangilagan bo'lardi. Bu sodir bo'lmadi, shu sababli ayni damda rekordga ikki klub egalik qilmoqda.


TOP chempionatlarda ketma-ket g'alabalar soni bo'yicha rekord

"Liverpul" Evropaaning barcha top ligalarida g'alabalar seriyasi soni bo'yicha rekordga davogarlik qilayotgan edi. "Manchester Siti" natijasini takrorlagan "qizillar" "Bavariya"dan bir qadam orqada to'xtashdi. Myunxenliklar 2013-14 mavsumda ketma-ket 19ta bahsda zafar quchishgan.


Mehmonda mag'lubiyatsiz o'yinlar soni bo'yicha APL rekordi

"Liverpul"ning mehmondagi mag'lubiyatsiz seriyasi 21ta o'yin bilan to'xtadi, g'alabalisi esa 8ta o'yin. Ikkalasini "Uotford" yakuniga etkazdi. Ushbu natija bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich "Arsenal"ga tegishli. "To'pchilar" 2003 yilning aprelidan 2004 yilning sentyabrigacha mehmondagi 27ta bahsda mag'lub bo'lmagan. "CHeli" (2008) va "Manchester Siti" (2017) begona maydonlarda ketma-ket 11ta g'alabaga erishgan.


Ketma-ket o'yinlarda gol urish bo'yicha APL rekordi

Klopp jamoasi APLning ketma-ket 36ta uchrashuvida maydonni golsiz tark etmagan. "Liverpul" ushbu natija bo'yicha "Arsenal"ning (2001 may - 2002 noyabr) ko'rsatkichlariga yaqinlashib oldi. O'shanda London klubi ketma-ket 55ta bahsda gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Bu erda ham "Uotford" hammasini yo'qqa chiqardi.


"Liverpul" yana qaysi rekordlarni yangilashi mumkin?

"Liverpul" chempionatni muddatidan avval yakunlashi aniq. Bu borada "qizillar" rekord o'rnatishi mumkin. Turli yillarda eng yaxshi natijani "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" qayd etgan. Ular chempionat yakunlanishiga 5 tur qolganda oltin medallarni naqd qilishgan edi. "Yunayted" - eng erta chempion bo'lgan jamoa hisoblanadi (14 aprel).


"Liverpul"da 79 ochko bor. CHempionatda eng ko'p ochko to'plagan jamoa "Manchester Siti" hisoblanadi (2017/18 mavsumda 100 ochko). Musobaqa yakunlanishiga 10ta tur qolgan, demak, Klopp jamoasi ushbu natijani yaxshilashi mumkin.


CHempionat davomida eng ko'p g'alabaga erishish bo'yicha ham "Manchester Siti" etakchi. Gvardiola jamoasi so'nggi ikki mavsumni 32tadan g'alaba bilan yakuniga etkazgan. "Liverpul" joriy mavsum 26ta bahsda zafar quchgan - hali "Siti"dan o'tib ketsa bo'ladi.


"Qizillar" musobaqa oxirigacha 22 ochkolik farqni saqlab qolsa, yangi rekord qayd etgan bo'ladi. "Manchester Siti" 2017/18 mavsumda eng yaqin taqibchisidan 19 ochko ko'p yiqqan edi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика