Enco Mareska "Liverpul"ga qarshi o'yindagi xatti-harakatlari uchun jazoga tortildi
15 okt 23:58
Yangiliklar


Enco Mareska "Liverpul"ga qarshi o'yindagi xatti-harakatlari uchun jazoga tortildi
"Chelsi" APL 7-turida "Liverpul"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Londonliklar hujumchisi Estevao 95-daqiqada gol urganidan so'ng, bosh murabbiy o'yinchilar va muxlislar bilan birga bayram qilish uchun maydonga yugurdi. Bosh hakam Entoni Teylor shundan so'ng murabbiyga qizil kartochka ko'rsatdi.
"Enco Mareska 4 oktyabr shanba kuni bo'lib o'tgan "Chelsi" va "Liverpul" o'rtasidagi Premer-liga o'yinida nojo'ya xatti-harakatlari uchun bir o'yinlik diskvalifikaciya va 8000 funt sterling jarimaga tortildi.
Murabbiyning o'yin davomida nomaqbul tarzda harakat qilgani, haqoratli va behayo so'zlar ishlatgani hamda xulq-atvori tufayli taxminan 96-daqiqada maydondan chetlatilgani takidlangan.
Keyinchalik Enco Mareska aybini tan oldi va belgilangan jarimani qabul qildi," - deyiladi Angliya futbol associaciyasi qarorida.
Mareska jamoasi 18 noyabr kuni APLning 8-turida "Nottingem Forest" maydonida mehmon bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar