Qozog'istonda futbolchi o'yin vaqtida vafot etdi
16 okt 23:51
Yangiliklar
Qozog'istonda futbolchi o'yin vaqtida vafot etdi
"Xan-Tengri" jamoasining 19 yoshli hujumchisi Dias Tuleu Birinchi ligadagi o'yini vaqtida vafot etdi.
Voqelik chempionatning 25-turi doirasida "Xan-Tengri" - "Ekibastuz" bahsi vaqtida sodir bo'ldi. 4:0 hisobida yakunlangan uchrashuv paytida futbolchi xushini yo'qotgan va birinchi tibbiy yordamga qaramasdan maydonning o'zida vafot etgan.
Keyinchalik mamlakat futbol federaciyasi matbuot xizmati futbolchining vafotini tasdiqlab, uning oilasiga hamdardlik tilagan.
Tuleu "Qayrat" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanardi. U ushbu mavsumda 25 o'yinda qatnashib, 3ta golni hisobiga yozdirib qo'ygandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar