Klopp: “Dalglishning koronavirusga chalinganligi haqidagi xabar bizni larzaga soldi”
13 apr 2020 22:55
Yangiliklar
Klopp: “Dalglishning koronavirusga chalinganligi haqidagi xabar bizni larzaga soldi”
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp mersisaydliklarning o'tmishdagi afsonaviy futbolchisi va murabbiyi Kenni Dalglishning koronavirusga chalinganligi haqidagi xabarni qayg'u bilan qarshi olganini aytdi.
“Bu xabarni eshitganimda qayg'uga tushdim. Yigitlarga ham xabar jo'natishdi, ular ham bundan xafa bo'lishdi. Bu dahshatli kasallik ekanligini bilamiz. U insonlarga ruhiy tarafdan ham tasir o'tkazayotgani sirmas. Ammo bizning yaqinlarimiz bu kasallikka chalinishi ilk bor kuzatilmoqda.
Men Dalglishning qizi bilan bu haqda gaplashdim. Uning ham bundan qayg'uda, ammo hammasi biz o'ylaganchalik yomon emas. Oradan ikki kun o'tib, biz uning shifoxonadan chiqqanini bildik. Bu yaxshi yangilik. U o'zini yaxshi his qilayotganiga ishonaman. Biz Kennini barchamiz yaxshi ko'ramiz”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Liverpul” klubi rasmiy sayti.
Fikrlar