Klopp: “Bavariya”ning biroz omadi keldi”

Eldor Akmurzayev
25 avg 2020, 21:00
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp myunxenliklarning YCHLdagi g'alabasiga munosabat bildirdi.

"Bu Xans Flik uchun ajoyib 8 oy bo'ldi. To'g'ri, “Bavariya”ning biroz omadi keldi. Ligalardagi tartibsiz taqvimlar orasida ularning grafigi Chempionlar Ligasini qo'lga kiritish uchun eng mos edi.

Hozir “Bavariya” dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri, ular mukammal holatda. Har bir poziciyada jahon darajasidagi futbolchilar o'ynaydi”, deya aytgan Klopp.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ZDF