Klod Makelele "CHelsi"da ish boshlashi mumkin
19 iyu 2019 18:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/502184_original.jpg)
![](/upload/storage/502184_220.jpg)
Klod Makelele "CHelsi"da ish boshlashi mumkin
"CHelsi" va Franciya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Klop Makelele London klubi murabbiylar shtabiga kiritilishi mumkin.
Qayd etish kerakki, 46 yoshli mutaxassisning tayinlanishi keyingi hafta elon qilinishi mumkin. Makelele "CHelsi"da ijaraga berilgan futbolchilarni kuzatish maqsadida murabbiylar shtabidan o'rin oladi.
Makelelening so'nggi ish joyi Belgiyaning "Eypen" klubi bo'lgan. U bu jamoaga 2017 yildan buyon bosh murabbiylik qilib kelayotgan edi. Sobiq futbolchi shu oyda jamoani tark etdi.
Eslatib o'tamiz, franciyalik sobiq o'yinchi 2003 yildan 2008 yilgacha "aristokratlar" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar