

Qayd etish kerakki, 46 yoshli mutaxassisning tayinlanishi keyingi hafta e'lon qilinishi mumkin. Makelele "Chelsi"da ijaraga berilgan futbolchilarni kuzatish maqsadida murabbiylar shtabidan o'rin oladi.
Makelelening so'nggi ish joyi Belgiyaning "Eypen" klubi bo'lgan. U bu jamoaga 2017 yildan buyon bosh murabbiylik qilib kelayotgan edi. Sobiq futbolchi shu oyda jamoani tark etdi.
Eslatib o'tamiz, fransiyalik sobiq o'yinchi 2003 yildan 2008 yilgacha "aristokratlar" sharafini himoya qilgan.




