Klaudio Markizio Antonio Konte bilan kelisha olmayapti
12 fev 2014 14:34
Yangiliklar


Klaudio Markizio Antonio Konte bilan kelisha olmayapti
“Yuventus” klubi o'yinchisi Klaudio Markizio va turinliklar bosh murabbiyi Antonio Konte o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi, deb xabar beradi "Tuttosport".
Italiya chempionati doirasida “Inter” va “Verona”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda maydonga tushmagan futbolchi, murabbiyning qaroridan norozi bo'lgan. SHuning uchun vaziyat shu tariqa davom etadigan bo'lsa Markizio “Yuventus”ni yaqin orada tark etishi ham mumkin.

Fikrlar