So’nggi yangiliklar

14:18ПРО-Лига. "Арал" - "Шўртан": Асосий таркиблар маълум  0 13:17Неймар жароҳати ҳақида: "Шифокорлар мени огоҳлантиришганди"  1 12:49Анчелотти: "Реал" ўзининг "Олтин тўпини" 1 июнь куни ютиб бўлган"  4 12:25"Ал Райян" бош мураббийи ўтган мавсум ўзбек клуби сабабли ОЧЛдан қуруқ қолган эди  1 12:00ПРО-Лига. Бугун етакчилар жанги гувоҳи бўламиз  3 11:45"Насаф"ни чемпион қилган ўйинлар  6 11:22Рой Кин: "Манчестер Юнайтед" — шунчаки ўртамиёна клуб"  3 10:50Мареска: "Челси" АПЛнинг энг кучли таркибларидан бирига эга"  1 10:23Слот: "Салоҳнинг ўйинида пасайиш кутманг"  3 09:56"Арсенал" Муҳаммад Қуддусни сотиб олмочқи   2 09:28Мората Ямални Месси ҳамда Роналдуга солиштирди  13 09:00Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" "Ал Райян" билан куч синашади  33 08:31"Тоттенхэм" Сон билан шартномани 2026 йилгача узайтиради  2 08:05Флик: "У сафга қайтса, албатта, хурсанд бўламан"  9 07:44"Лацио" ўз уйида "Кальяри"ни таслим этди. Меҳмонлар ўйинни 9 футболчи бўлиб якунлашига тўғри келди  1

“KITO Internacional” - “Navbahor” homiysi Yangiliklar

“KITO Internacional” - “Navbahor” homiysi

Avval xabar berib o'tganimizdek, kecha O'zbekiston futbol Federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonov “Navbahor” futbol klubi rahbariyati va Namangan viloyat futboli mutasaddilarini qabul qildi.
Yodingizda bo'lsa, Mirabror Zufarovich Namanganga qilgan tashriflari chog'ida “Navbahor” futbol klubining moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun xorijdan homiy topishda amaliy yordam berishni aytib o'tgandilar. Oradan malum vaqt o'tgach, O'FF Prezidenti ushbu masala yuzasidan uchrashuv o'tkazdi.

O'FF Prezidenti qabulida bo'lib o'tgan uchrashuvda O'zPFL bosh direktori F.Magametov, KITO internacional (Singapur) kompaniyasi vakili sifatida F.Sirojiddinov, Namangan viloyat futbol federaciyasi 1-vice-prezidenti B.Xolmirzaev, Navbahor futbol klubi prezidenti T.Dadaboev, Navbahor futbol klubi vice-prezidenti R.Nizambaev, Navbahor futbol klubi ijrochi direktori G.Ismailov, Navbahor jamoasi bosh murabbiyi B.Ashurmatov, O'zbekiston futbolni qo'llab-quvvatlash jamoat fondi Namangan viloyati bo'limi direktori M.Alixanov, Navbahor futbol klubi matbuot kotibi SH.Sodiqov va Navbahor muxlislar klubi etakchilaridan N.Abdug'anievlar ishtirok etishdi.

Yig'ilish kun tartibidan Navbahor futbol klubiga xorijdan homiy biriktirish va klub moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash masalalari o'rin oldi. Yig'ilishga O'zbekiston futbol Federaciyasi Prezidenti M.Z.Usmonov raislik qildi. Usmonov o'z so'zida Namangan futboli haqida iliq fikrlarni bildirib o'tdi:

“Yaqindagina qaytadan foydalanishga topshirilgan Navbahor o'yingohini barcha jahon talablariga javob berishi namanganlik muxlislar uchun ajoyib sovg'a bo'ldi. Namanganlik muxlislar O'zbekistonda o'ziga xos o'ringa egalar. Ularni mamlakatdagi eng yaxshi ishqibozlardan biri desak ham bo'lmaydi. Garchi muxlislarning etibori kuchli bo'lsada, so'nggi yillarda Navbahorning moliyaviy ahvolini yaxshi bo'lmay qoldi.

Klubni bunday qiyin sharoitdan chiqib ketishi uchun O'zbekiston futbol Federaciyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Namanganga qilgan safarim davomida klub azolari va muxlislar bilan o'tkazilgan uchrashuvda Navbahor jamoasiga xorijdan homiy biriktirilishida amaliy yordam berishga vada bergandim. Ushbu vadani amalga oshirish maqsadida bugun yana bir bor uchrashib turibmiz. Endilikda jamoani musobaqalarda munosib tarzda ishtirok etishini taminlash maqsadida murabbiy va futbolchilarga jiddiy etibor qaratish muhim sanaladi”.

O'FF Prezidenti klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammolarni echishda birinchi navbatda murabbiy va futbolchilardan bo'lgan qarzdorlikni bartaraf etishga ahamiyat qaratish kerakligini aytdi:


“Klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammolarni bartaraf etilishida Singapurning “KITO Internacional” kompaniyasi tomonidan homiylik mablag'lari ajratiladi. Bunga javoban Navbahor jamoasi mamlakat chempionatining ikkinchi davrasini munosib tarzda o'tkazib, homiylar ishonchini oqlashi talab etiladi. Ana shundagina ikki tomonlamali hamkorlik muvaffaqiyatli tarzda davom etadi”.

SHundan so'ng KITO internacional kompaniyasi vakili F.Sirojiddinov so'z olib quyidagilarni gapirib o'tdi:

“Birinchi navbatda O'FF tomonidan bildirilgan katta ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Avvaldan Namangan futboli va bevosita Navbahor ishtirokidagi o'yinlarni kuzatib borardim. Mamlakat futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan jamoa faqat yuqori o'rinlar uchun davogarlik qilishi lozim. Qolaversa, namanganlik muxlislarni o'ta faol ekanliklaridan ham yaxshi xabardorman. “Navbahor” futbol klubiga homiylik qilish borasidagi taklifni kompaniya rahbarlariga bildirganida, ular bunga rozilik berishdi. Homiylik yordami natijasida jamoada ijobiy o'zgarishlar kuzatilsa keyingi yillarda ham jamoaga doimiy ravishda yordam beriladi”.

Kun tartibidan o'rin olgan ikkinchi masala yuzasida so'z yuritgan M.Usmonov “Navbahor” futbol klubining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Namangan shahrida joylashgan Sport mehmonxonasi, Navbahor zaxira maydonini klub balansiga o'tkazib berishni taklif qildi. Ayni paytda ushbu inshootlarni tamirga muhtojligini aytib, ularni to'liq qayta tamirlash yuzasidan xarajatlar loyiha smetasini ishlab chiqish hamda ushbu obektlarni qayta tamirlash ishlarini olib boruvchi qurilish tashkiloti haqida 10 iyulgacha O'FFga to'liq malumot berish vazifasini klub prezidenti T.Dadabaev zimmasiga yukladi. SHu bilan birgalikda tamirlash ishlarni 2015 yilning 1 yanvariga qadar yakunlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ham alohida etirof etdi.

Yig'ilish yakunida O'FF Prezidenti Z.Usmonov klub rahbariyati oldiga ikkinchi davra boshlangunga kadar murabbiy va futbolchilardan bo'lgan qarzdorlikni to'liq tugatish vazifasini qo'ydi.

Navbahor klub prezidenti T.Dadaboev jamoa azolari va muxlislar nomidan ko'rsatilayotgan amaliy yordam uchun O'FF prezidenti M.Usmonovga va jamoaning yangi homiysi vakili F.Sirojiddinovlarga minnatdorchilik bildirdi.

SHavkat Sodiqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика