So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  0 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  2 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  8 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

Dortmundning mashxur nashrlari Husanov "Man Siti"ga o'tib ketayotganidan afsusda Yangiliklar

Dortmundning mashxur nashrlari Husanov "Man Siti"ga o'tib ketayotganidan afsusda

Abduqodir Husanov tez orada "Manchester Siti" klubi azosiga aylanishi kutilmoqda.

Germaniyaning mashxur nashrlaridan biri Ruhr24 "Borussiya Dortmund" Abduqodir Husanovni qo'ldan chiqargani haqida yozmoqda. Maqolada "Borussiya D"dagi muammolarni berkitishi mumkin bo'lgan himoyachini klub qo'ldan chiqargani tanqid ostiga olingan. Quyida ushbu maqola bilan tanishishingiz mumkin:


"Borussiya" himoyachilari ketma-ket o'yinlarni boy berishmoqda, yorug'lik esa ko'rinmayapti. Himoyani kuchaytirishi mumkin bo'lgan asosiy nomzodlardan biri bo'lsa "Siti"ga ko'chib o'tmoqda – Abduqodir Husanov.

"Dorussiya D" himoyasi har qachongidanda ojizroq ko'rinmoqda. "Bayer"ga qarshi mag'lubiyat qabul qilib olingan o'yinda boshqa poziciyadagi o'yinchilar markaziy himoyachi rolini bajarishga majbur bo'lishdi. Muxlislarning yangi transferga bo'lgan istagi har doimgidanda yuqori. Biroq, endi bir nomzod ismini ro'yxatdan o'chirish kerak.

OAV malumotlariga ko'ra Abduqodir Husanov transferi eng oxirgi nuqtada turibdi. "Lans" klubi 20 yoshli o'zbek uchun 40 mln evro (va bonuslar) oladi. Abduqodir "Siti"  bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolaydi. Tibbiy ko'rib ham rejalashtirib qo'yilgan.

"Borussiya D" Husanovni erta transfer qilish imkonini o'tkazib yubordi. "Man Siti" Husanov uchun kurashda nafaqat "Borussiya D", balki "Real", "Bayer", "Tottenxem" va "Nyukasl" klublarini dog'da qoldirdi. "Borussiya Dortmund"ni jig'iga bundan ham battar tegayotgan narsa bor: "Lans" Husanovni 2023 yilning yozida bor-yo'g'i 100 ming evro evaziga sotib olgan. 

"Siti"ning ikki markaziy himoyachisi Jon Stouns va Ruben Dias jarohatda, qolganlar ham jarohatlar bilan kurashishmoqda. SHunday bo'lsa ham dunyoning eng zo'r ligasiga, bo'lib ham dunyoning eng kuchli klublaridan biriga qo'shilish – Abduqodir uchun haqiqiy sinov".

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика