So’nggi yangiliklar

01:31Бундеслига. "Боруссия" ўз майдонида "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 23:53"Наполи" — "Ювентус". Таркиблар маълум  7 23:49"Реал" — "Сельта". Таркиблар маълум  29 23:16“Арсенал” собиқ ўйинчиси “Аякс”га йўл оладими?  0 22:09"Арсенал" "Реал"дан "Ювентус" юлдузини тортиб олмоқчи  3 21:08А Серия. "Рома" 82-дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб меҳмонда "Кальяри"га мағлуб бўлди  4 20:39"Барселона" Ольмони нима учун операция қилишни истамаётгани маълум бўлди  0 19:34"Севинч"га Ўзбекистон кубогини тантанали топшириш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 18:36Пеле ва Марадона чемпионликни нишонлаган, томи тўлиқ йиғиладиган, 1,4 млрд долларга тушган лойиҳа: Ўзбекистоннинг тарихий учрашувларига мезбонлик қиладиган 3 та стадион  1 17:58"Футбол олами". 2025 йилнинг сўнгги кўрсатуви  4 17:05Икки футболчи "Реал"ни тарк этиши мумкин  13 16:19Аёллар. "Севинч" "Қизилқум-W"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги-2025ни қўлга киритди  3 15:42ЖЧдаги рақибимиз Колумбия Франция билан ўртоқлик ўйини ўтказади  16 14:43"Ал Иттиҳод" ва "Ал Ҳилол" Салоҳ трансфери учун 80-100 млн евро тўлаши мумкин  2 13:33"Челси" Дисасини "Лион"га ижарага бериши мумкин. Ҳимоячи бу мавсумда ҳали ўйнамади  0

"Paxtakor" Portugaliya yuqori ligasida o'ynagan braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

"Paxtakor" Portugaliya yuqori ligasida o'ynagan braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi

Teglar :  PaxtakorRiu Ave
Poytaxtning "Paxtakor" klubi yangi darvozabon bilan shartnoma tuzdi.

"Paxtakor" klubi braziliyalik darvozabon Jonatan Luis bilan shartnoma imzoladi.

U Portugaliyaning yuqori ligasida 125 ta o'yinda maydonga tushgan. So'nggi jamoasi "Riu Ave". Avvalgi mavsumda klubining asosiy posboni bo'lgan. 2023/24 yilgi mavsumda jami 29 marotaba asosiy tarkibda maydonga tushgan. Joriy mavsumda asosiy tarkibdagi so'nggi o'yinini 4 oktyabr kuni "Famalikao" (1:1) jamoasiga qarshi o'tkazgan. 9 avgust kuni start olgan Portugaliya chempionatida "Sporting"ga qarshi o'yin bilan mavsumni boshlagan.

Bo'yi 190 sm bo'lgan darvozabon 1991 yilda Braziliyaning San-Migel-du-Uesti shahrida tavallud topgan. Faoliyatini asosiy qismini Portugaliyaning ikki ligasida o'tkazgan. 

"Bugungi kunda "Paxtakor"da ikki nafar yosh darvozabon bor. Jonatan Luis kabi statistikaga ega posbonlarni har doim ham chempionatimizda ko'ravermaymiz. Bejizga darvozabon yarim jamoa deyilmaydi. U jamoamizda sog'lom raqobat yarata oladi deb o'ylayman. Bu Nazarov va SHevchenko uchun ham katta maktab bo'lishi kerak. CHunki "Paxtakor"ning kelajagi aynan shu ikki posbonda deb bilaman. Oldimizda tarkibni kuchaytirish bo'yicha yana bir ikki futbolchilar turibdi. O'tkazgan ikki o'yinimizdan kelib chiqsam Pedro Moreyraning munosabati menga yoqdi, u yoshlar bilan tajribali futbolchilarni bir tarkibda jam qila olyapti", - deydi klub raisining o'rinbosari Dilshod Karimov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика