Kirill Ermolov: "Yaponiya ustidan qozonilgan g'alaba endi tarix, Avstraliyaga qarshi yo'l topishga urinamiz"
18 fev 2016 21:31
Yangiliklar


Kirill Ermolov: "Yaponiya ustidan qozonilgan g'alaba endi tarix, Avstraliyaga qarshi yo'l topishga urinamiz"
Qirg'iziston futzal terma jamoasi posboni Kirill Ermolov Yaponiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Omad bugun biz tomonda bo'ldi. Endi bor etiborimiz ertangi o'yinga qaratiladi. Yaponiya ustidan qozonilgan g'alaba esa tarixga aylanib bo'ldi.
Avstraliya kuchli jamoa. Jismoniy tomonlama ham, taktik tomonlama ham ular kuchli tayyorgarlikka ega. Tartibli o'yin namoyish etishadi. Ertaga ularning darvozasi tomon ham yo'l topishga urinib ko'ramiz", - deydi Ermolov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar