So’nggi yangiliklar

03:07Германия кубоги. "Бавария" ва "Байер"да ғалаба  0 03:02Сенсация қайд этилмади, "Рома", "Ювентус" ва "Интер"да ғалаба  0 02:54Англия лига кубоги. "Ман Сити", "Арсенал", "Ньюкасл" ва "Челси" кейинги босқичда, "Ливерпуль" эса ўз уйида йирик мағлубият қабул қилиб олди  6 02:40Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лорьян"ни мағлуб этолмади  0 23:58Отабек Боймуродов: "Гол ҳақида гапирсам муаммоларга дуч келаман. Улар провокация қилди"  9 23:07Камолиддин Тожиев: "Ҳозир энг бахтли инсонман"  47 22:53"Алё, реф!" финалдаги баҳсли эпизодларни таҳлил қилди   41 22:44Александр Хомяков: "Футболда ҳар доим ютавермайсиз. Менимча, офсайд йўқ эди, лекин мен эксперт эмасман"  26 21:50Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди  91 21:20"Лион" Эндрикни январда ижарага олмоқчи. "Реал" форварди бу вариантни идеал деб ҳисобламоқда  3 20:43"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  670 18:02Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси назорат баҳсида Буркина-Фасога ютқазди  29 17:33Ўзбекистон Кубоги финали. Таркиблар маълум  30 16:50Футболда тайм-аут олиб бўлмайди? Уддабурон инглизлар муаммонинг ўзига хос ечимини топишди  2 16:28"Динамо" - "Хоразм" учрашуви Тошкентда ўтказилади  11

"Kim kelsa kelaversin, raqobatdan qo'rqmayman. "Real"ning keyingi mavsumi meniki bo'ladi!" Yangiliklar

"Kim kelsa kelaversin, raqobatdan qo'rqmayman. "Real"ning keyingi mavsumi meniki bo'ladi!"

"Madrid"ning bugungi 7-raqami Mariano Dias bilan intervyu.

— Hozirda “Real Madrid” safida o'ynayapsiz. Aytingchi, shu yil yozda nimadir o'zgarishi mumkinmi?

— Yo'q! Bu mening jamoam.

— Demak klubda qolasiz?

— Ha, ko'proq sovrinlarni qo'lga kiritmagunimgacha shu erda bo'laman.

— Nimaga ishonib bunday deyapsiz?

— Mening orzum faoliyatimni “Real Madrid”da davom ettirish edi va bunga erishdim. Endi esa bu erga shunchaki kelmaganimni isbotlamoqchiman.

— Nima uchun bunday qarorga keldingiz va boshqa takliflarni ko'rib chiqishdan bosh tortdingiz? 

— Men “Madrid”ga qaytish uchun qattiq mehnat qildim. Bolaligimdan shu klubda o'ynashni istaganman. Endi esa shunday imkon menga berildi. SHuning sababli, dunyoning eng yaxshi klubida qolish uchun qo'limdan kelganini qilaman.

—Transfer haqidagi mish-mishlarni kuzatib borasizmi? 

— Yo'q, bunday xabarlardan qochishga urunaman. Lekin jamoaga kelgan har bir o'yinchi uchun xursand bo'laman.

— Agar ismingizni “sotib yuboriladigan o'yinchilar” ro'yxatida ko'rib qolsangiz, qattiq tashvishga tusharmidingiz? 

— Bu mavsum hammamiz uchun qiyin kechdi. SHunaqasi ham bo'lib turar ekan. Ommaviy axborot vositalari yozayotgan xabarlarni to'g'ri qabul qilish kerak.

— Jamoaviy va shaxsiy masalalar borasida qanday xulosalar chiqarildi?

— Bu mushkul bo'ldi. CHunki biz oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erisholmadik. Hozir faqat kelasi mavsum hamda yangi sovrinlarni qo'lga kiritish haqida o'ylashimiz zarur.

— O'z-o'zini tanqid qilish... Xo'sh, siz ushbu mavsumingizni qay darajada baholaysiz?

— Bizga berilgan vazifalarni bajara olmaganimizni yaxshi tushunib turibmiz. Yangi mavsum — o'zimizni namoyon qilish uchun yaxshi imkon. Uni intizorlik bilan kutmoqdaman.

— Bir yil avval hammasi shunday yakunlanishi mumkinligi hech hayolingizga kelganmidi?

— Men Franciyada edim. “Lion”da meni kutayotgan sarguzashtlarni boshimdan o'tkazdim, ammo “Madrid”ga qaytish bu ajoyib, so'z bilan tariflab bo'lmaydigan holat edi.

— “Real” kabi qatiyatli, kuchli xarakterga ega jamoa. Xo'sh u qanday qilib sizlar tushib qolgan vaziyatda qolib ketdi?

— Doimo tinimsiz ravishda kurashish kerak. Men shu haqida tinimsiz ravishda o'ylayman. Axir mehnat — muvaffaqiyat kaliti. Yaxshi ishlasangiz, oldingizga qo'ygan barcha maqsadlaringizga erishishasiz.

— “Madrid”dagi “ettinchi”ni kiyish siz uchun nimani anglatadi?

— Buyuk futbolchilar o'ynagan bu raqamni kiyishdan faxrlanaman.

— Bu raqam bilan bog'liq bosimni his qilasizmi?

— Yo'q. Biroq Xuanito, Krishtianu kabi buyuk futbolchilar o'ynagan bu futbolka kelgusida o'z ustimda ishlashim, yanada yaxshiroq mehnat qilishimda menga kuch beradi.

— Lopetegining ketishiga nima sabab bo'ldi? Jamoa gol urishda muammolarga duch kelganimi?

— Bu juda qiyin davr bo'ldi. Sababi bizga berilgan topshiriqlarni bajara olmadik.

— Klasikodan keyin jarohat olib, Solari bilan ishlay olmadingiz…

— Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. O'zimni yomon his qildim, ammo jamoaga yordam berishni istadim. Sog'ayishim uchun menga vaqt kerak bo'ldi. Xudoga shukur, hozir hammasi yaxshi.

— Ammo keyin bel bilan bog'liq muammoga duch kelibsiz. Nima bo'lgani va bunga qarshi qanday kurashganingiz haqida aytib bera olasizmi?

— Ha, jarohat oldim. SHu sabab 2019 yil boshida maydonga tusha olmadim. Qiyin bo'ldi. Hattoki matrasimni o'zgartirishimga to'g'ri keldi.

— Sog'aygan bo'lishingizga qaramay, Solari sizni Klasiko — “Ayaks”ga qarshi o'yinda maydonga tushurmadi...

— Ha, o'sha payt jamoaga yordam bera olmaganimdan qattiq afsuslandim. Lekin endi bu muhim emas. Hozir faqat kelasi mavsum haqida o'ylashimiz kerak.

— Zidanning qaytishi — siz uchun yaxshimi?

— Zidan klubda ko'plab ijobiy ishlarni amalga oshirgan. U ham o'yinchi, ham murabbiy sifatida ko'p yutuqlarga erishgan. U bilan munosabatlarimiz yaxshi.

— Yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'pyapsiz?

— Katta jo'shqinlik bilan. Bu yil mening "Madrid”dagi eng yaxshi yilim bo'ladi. Men nima uchun kelganimni isbotlab beraman.

— Jamoa yana g'alaba qozonishi uchun nima qilishi kerak? 

— SHunchaki dinamikani o'zgartirishi kerak. O'yindan o'yinga muvaffaqiyat qozongan holda o'tishi kerak.

— Yana bir mavsumni omadsiz tarzda o'tkazishga haqqingiz yo'q. Jamoaga katta bosim o'tkazilishi mumkinligini o'zingiz yaxshi tushunib turibsizku?

— “Madrid”dan doim hamma narsani maksimal darajada talab qilishgan. Har bir mashg'ulot va o'yin payti yuqori darajada harakat qilish talab etiladi. SHuning uchun ham, “Madrid” — dunyoning eng yaxshi klubi.

— Jamoada Benzema bor. Ehtimol, Yovich ham kelar... Kuchli raqobat bo'lgan klubda o'ynash siz uchun qiyinchilik tug'dirmaydimi?

— Klubga kim kelishining farqi yo'q. Raqobat doim foyda keltiradi. Ular uchun ham, men uchun ham.

— Yovich jamoaga kelsa, markaziy hujumchiga bo'lgan etibor kuchli bo'lishidan havotirlanmayapsizmi?

— Klubga kelgan turli poziciyadagi o'yinchilarning barchasi yaxshi kutib olinadi. Ular jamoaga foyda keltirishi hamda bizni kuchliroq qilishi mumkin.

— Avgustda “Madrid”ga qaytganingiz haqida nimalar deya olasiz?

— Men “Sevilya”ning taklifini ko'rib chiqayotgan edim. Keyin esa “Madrid” qaytishimga qiziqish bildirgani haqida eshitib qoldim. Klub vakillari bilan uchrashdim, Lopetegi meni jamoaga qaytishga ko'ndirdi. Men “Madrid”ga rad javobini bera olmadim ham. SHu erda o'ynashni xohladim. O'zimni uyga qaytgandek his qildim. 16 yoshligimda Kanterada to'p tepgan paytlarim yodimga tushdi. Ammo o'yinchi sifatida ancha ijobiy tomonga o'zgarganman.

— Kanterada ham oson bo'lmagan, to'g'rimi?

— U erda ham, birinchi jamoamda ham talab kuchli edi. Boshlang'ich tarkibdagi o'ringa osonlik bilan erishmaganman. Buning uchun juda ko'p gol urishimga to'g'ri kelgan. 

— Siz akademiyadan tezroq ketishni istaganmidingiz?

— Klub kanterasidan ketish maqsadim bo'lmagan. Lekin birinchi jamoaga o'tishni ko'proq istagan edim.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика