Keza va Bernardeski "Yuventus"ning umumiy guruhiga qaytishdi
16 sen 2021 18:24
Yangiliklar
Keza va Bernardeski "Yuventus"ning umumiy guruhiga qaytishdi
"Yuventus" hujumchilari Federiko Keza va Federiko Bernardeski mashg'ulotlarga qaytishdi.
Ikki futbolchi ham jarohatidan tiklandi va umumiy guruhda shug'ullanmoqda. Hujumchi dam olish kunida bo'lib o'tadigan "Milan"ga qarshi o'yingacha formalarini yig'ib olishlari kerak.
Keza Italiya terma jamoasida olgan jarohati sabab so'nggi o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmadi, Bernardeski esa "Napoli"ga qarshi bahsdan so'ng safdan chiqqan edi.
Ikkisi ham bugun ertalab mashg'ulotlarga qaytishdi va "rossonerilar"ga qarshi o'yinda tarkibga kirish uchun ishlashmoqda.
Fikrlar