

Futbolchi instagramida jonli efirda Joze Mourinyu jamoasida qolishni rejalashtirayotganini aytdi. Hujumchi faoliyati davomida birorta sovrinni qo'lga kiritmagan va shu boisdan yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini o'zgartirishga qarshi emasligi borasida ma'lumotlar berilgandi.
"Yunayted" Odion Igalo tufayli Xarri Keyndan voz kechgan. Biroq Keyn "Tottenxem"ning asosiy raqibi va kelasi mavsumda YCHLda o'ynamaydigan "Manchester Siti" tarkibida o'ynamoqchi emas.


