Keyn Angliya uchun 50-golini urganidan so'ng nimalar dedi?
08 iyu 2022 09:09
Yangiliklar
Keyn Angliya uchun 50-golini urganidan so'ng nimalar dedi?
Hujumchi Garri Keyn Angliya terma jamoasi safida urilgan 50-goldan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Kecha u Germaniyaga qarshi o'yinda gol urdi. Bu uning terma jamoasi safidagi 50-goli bo'ldi.
"Haqiqatdan ham yoqimli hislar. Bungacha ham menda vaziyatlar bo'lgandi. Birinchisida to'sindan tepaga tepdim, ikkinchisida esa Manuel Noyer seyv amalga oshirdi. Biz oldinga bordik va so'nggi 30 daqiqalikda yaxshi o'yin namoyish etdik. Gol urish yaxshi, oxirida ura olmaslik esa biroz alamli.
Gollar urishni yaxshi ko'raman, ayniqsa vatanim terma jamoasi uchun. Jamoamga yordam berayotganimdan xursandman.
Biz Germaniyaning juda yaxshi terma jamoasiga qarshi o'ynadik. Oldimizda hali muhim o'yinlar turibdi", - dedi Keyn.
O’xshash yangiliklar
23:58
Angliya Kubogi: "Everton" - "Piterboro" o'yinida ota va o'g'il bir-biriga qarshi o'ynaydimi? 1
Fikrlar