So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

"Keyingi mavsumdagi "Atalanta" mening eng zo'r jamoam bo'ladi" Yangiliklar

"Keyingi mavsumdagi "Atalanta" mening eng zo'r jamoam bo'ladi"

Teglar :  Jan Pero Gasperini
Jan Pero Gasperini GdS vakili bilan intervyu chog'ida nega "Atalanta"da qolishga qaror qilganini aytib berdi.

"Mavsum avvalida, qiyinchiliklar bizni o'rab olgan bir pallada, men futbolchilarimdan doskaga mavsum uchun maqsadimizni yozishni so'radim. Hech kim "CHempionlar Ligasi" deb yozmadi. Bir necha yosh va kelajakka umid bilan boqadigan yigitlar "Evropa Ligasi" dedi. Ko'pchilik – "Qiyinchiliklarni engib o'tish", Ilichich esa – "Quyi divizionga tushib ketmaslik" deb yozdi.

"Menga ko'plab klublardan taklif bo'ldi, hattoki boshqa davlatlardan ham. Lekin barchasiga birlek, klub prezidenti bilan gaplashgachgina javob bera olishimni aytdim. Nima haqida gaplashdik? Birinchi navbatda u menga hech kim ketmasligini vada qildi. SHunday ekan, havotir olmang "Atalanta" sotilmaydi.

Vaziyat faqat juda katta raqamlar bo'lsagina o'zgarishi mumkin. Sababi, shunda biz ketgan futbolchi o'rniga o'rinbosar topa olamiz. Hujum chizig'ini kuchaytirish zarur: yarim himoyada to'p tepayotganlarni almashtira oladigan, o'rnini bosa oladigan futbolchi darkor. (Agar Pashalich sotib olinmasa, unda 2ta yangi futbolchi sotib olish kerak). Men CHempionlar Ligasiga tayyor 3-4 futbolchiga umid qilyapman. Iyul oyi o'rtalarida boshlanadigan yig'ingacha tarkibni aniqlab, to'plab olishimiz zarur. SHundagina mavsumni omadli boshlay olamiz.

Menga grand jamoa kerak emas, shundoq ham grand klubdaman. Bizning prezidendek jonkuyar, futbol ishqibozini topish qiyin. Men "Atalanta" va muxlislarni CHempionlar Ligasidan avval tashlab keta olmasdim. 

2016 yil dastlabki besh o'yinning 4tasida mag'lub bo'ldik. O'sha paytlar uyim oldida bir kishi meni to'xtatdi: "Menga g'oyalaringiz yoqdi. Ishonchim komil, hammasi yaxshi bo'ladi". Keyingi uchrashuvda "Krotone"ni engdik. U meni o'z uyiga kechki ovqatga taklif qildi. O'sha vaqtlar Bergamoda hech kimni tanimasdim. Kechki ovqatga ajoyib rizotto (italiyaliklar ovqati) tanovvul qildik. Hozir Paolo – mening eng yaxshi do'stlarimdan biri. Rizottodan - rizottogacha va mana biz CHempionlar Ligasidamiz… Butun shahar meni qo'llab-quvvatlamoqda. Bunday atmosferani hech qaerdan topa olmaysiz. Bu katta bir oila! 

Men haqiqiy chempionlarni shug'ullantirganman: Tiago Motta va Diego Milito. Lekin ishonchim komil, keyingi mavsumdagi "Atalanta" mening eng zo'r jamoam bo'ladi. Ilichich – jamoadagi yagona futbolchi. Qaysi jihatdan deysizmi?! Faqatgina unga zaxirada qolish yoqadi. "Sassuolo" bilan o'yinda unga tanaffusdan keyin maydonga tushishini aytdim. U huddi men uning katta bir kreditini to'lab bergandek xursand bo'ldi. Keyin u maydonga tushdi va uchta gol urdi".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика