So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  28 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  8 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  3 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  99 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

"Ketganlarga faqat omad tilaymiz" - "Bunyodkor" mashg'ulotidan reportaj + Ivan Boshkovich bilan intervyu Yangiliklar

"Ketganlarga faqat omad tilaymiz" - "Bunyodkor" mashg'ulotidan reportaj + Ivan Boshkovich bilan intervyu

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi 10 dekabr sanasidan boshlab o'z qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Dastlab jamoa azolari ishtirokida kichik yig'ilish bo'lib o'tdi. SHundan so'ng futbolchilar klub akademiyasi suniy maydonida mashg'ulotlarga kirishdi. Birinchi kungi mashg'ulotlarda murabbiylar shtabida Sergey Arslanov jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ish olib bordi. Malumot uchun, mazkur mutaxassis shu yilda Qirg'izistonning "Dordoy" jamoasida 1 oy katta murabbiy lavozimida ishlab qaytgandi.  Bu mavsumda asosiy tarkib va o'rinbosarlar jamoasida faoliyat olib borgan Abduhamid Qodirov endilikda muntazam ravishda Ivan Boshkovichga yaqindan ko'maklashib boradi. U-21 jamoasiga Anvar Rahimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Anvar Rahimov bunga qadar U-18 jamoasini boshqarayotgan edi. 

Abduhamid Qodirov bor etiborini asosiy tarkibga qaratadi va Ivan Boshkovichga ko'maklashadi. 


Anvar Rahimov o'rinbosarlar bilan ishlaydi


Tarkibdagi o'zgarishlarga kelsak, avval xabar berganimizdek klub Dmitrie Pobulich, Francis Narx, Ibrohim Tomiva bilan xayrlashgandi. Faqatgina rossiyalik legioner Pavel Mogilevecning masalasi ochiq qolgandi. Endilikda ushb futbolchi ham faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi. Kuni kecha u jamoani tark etdi. SHuningdek ikki nafar darvozabon Sarvar Karimov va Zafar Safoev ham jamoa bilan xayrlashdi. Farruh Ikromov keyingi mavsumni "Navbahor"da o'tkazishi aniq bo'lib ulgurgan. 

Yig'inning dastlabki bosqichida bir qator futbolchilar hamda yaponiyalik va qirg'izistonlik legioner ko'rikdan o'tmoqda. "Olimpik" darvozaboni Vladimir Nazarov 2023 yilgi mavsumni "Bunyodkor" safida boshlaydi. 


Vladimir Nazarov "Bunyodkor"da



Mashg'ulotlar yakuniga etgach bosh murabbiy Ivan Boshkovichning yig'in va tayyorgarlik jarayoni bo'yicha fikrlari bilan qiziqdik. 


— Tayyorgarlik sekin-asta bosqichma-bosqich olib borish rejalashtirilgan. SHu jarayonda mashg'ulotlarda tezlikni ham qo'shib boramiz. Eng muhimi yig'ildik. Asosiy etibor akademiyamiz tarbiyalanuvchilari va yosh futbolchilarga qaratiladi. 2-3ta yaxshi xorijlik futbolchilar hisobiga tarkibni biroz kuchaytirishimiz mumkin. 3ta futbolchi ko'rikda bo'lib turibdi. 

"Bunyodkor" istalgan raqibga qarshi faqat g'alaba uchun maydonga chiqadi. Maqsadimiz doim yuqori bo'lib qolaveradi. 


— Ketgan futbolchilarning barchasiga omad tilaymiz. Kimlardir o'zi ketishni istadi, yana ayrimlar bilan shartnoma uzaytirilmadi. Umarali Rahmonalievning biz bilan shartnomasi tugagandi. Bizning tarbiyalanuvchimizning xorijda to'p tepishi yoqimli albatta. O'zbekiston uchun foyda keltiradi, deb o'ylayman. 

Vaziyatga qarab xorijda yig'in o'tkazishimiz ehtimoli yo'q emas. BAA yoki Turkiya yaqin kunlarda aniq bo'ladi, deb o'ylayman. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика