Kessening agenti "Milan" bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
13 okt 2021 10:35
Yangiliklar
Kessening agenti "Milan" bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
"Milan" yarim himoyachisi Frank Kessening agenti Jorj Atanyan o'yinchining klub bilan shartnomani uzaytirishi borasidagi muzokaralari haqida gapirdi.
"Frank - muhim futbolchi, shu sabab u munosib shartnomaga loyiq. Hozirda bu borada ko'plab mish-mishlar yuribdi. "Milan" yiliga 6,5 million evro taklif qilmoqda? Haqiqiy raqamlar bu malumotdan uzoq", - deydi Atanyan.
Kesse 2021/22 yilgi mavsum "Milan" safida 7ta o'yinda maydonga tushdi.
24 yoshli ivuarlik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar