So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  14 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Kelvin Fillipsning "Manchester Siti"ga o'tishi: barcha yutqazgan transfer (mutolaa uchun) Yangiliklar

Kelvin Fillipsning "Manchester Siti"ga o'tishi: barcha yutqazgan transfer (mutolaa uchun)

"SHaharliklar"ning so'nggi yillardagi eng muvaffaqiyatsiz bitimi haqida gaplashamiz.

Klublar tez-tez yakunda jamoaga katta foyda olib kelmaydigan transferlarni amalga oshirishadi. Bunga ko'plab faktorlar tasir qilishi mumkin: jarohatlar, formaning yo'qotilishi, murabbiy almashishi. Ammo shunda vaziyatlar bo'ladiki, o'yinchi yorqin o'yin ko'rsatadi, ammo bitim imzolanganidan so'ng faqat pastga qarab tushadi. Bunga Donni van de Bek mos keladi, ammo uning vaziyati yagona emas. Manchesterning boshqa bir qismida ham faoliyati pastlab ketgan bir o'yinchi bor.

Yarim himoyachi Kelvin Fillips "Lids"ning bosh yulduzi va umidi edi. Marselo Belsa kelishidan oldin "oqlar"da xursand bo'lish uchun uncha ko'p sabablar bo'lmagan. Ammo, Fillips doim muxlislarni xursand qilgan. Ular futbolchi nomiga stadionda va boshqa ommaviy joylarda "Lids" tarbiyalanuvchisini "yorkshirlik Pirlo" deya nomiga qo'shiqlar kuylashardi. U esa muxlislarga sifatli o'yinlari bilan javob berardi. Xavbek "Lids" tizimiga 2010 yilda kirgan, 2014/15 yilgi mavsum esa bosh jamoa safida CHempionshipda o'ynagan. 2016 yilda esa klubining asosiy tarkib o'yinchisi edi.



Fillipsning "Lids"ga katta darajada debyut qilganidan so'ng yana 5 mavsumni CHempionshipda o'tkazdi, bu Belsa qo'l ostida jamoaning ikkinchi divizionda eng yaxshi bo'lguniga qadar davom etdi. Ammo, "oqlar" Premer-ligada uzoq vaqt qolishmadi. Ular 2021/22 yilgi mavsumni 17-o'rinda yakunlashdi, bu tushib ketish hududidan atigi uch ochko edi. O'tgan mavsum esa "Lids"ni qutqarib qolishning uddasidan chiqilmadi. Fillips o'z klubi bilan ligada qolish uchun kurashishni xohlamadi. Unga APLda, hattoki "katta oltilik"dan talab bo'lgani sabab bu holat tushunarli. Ular orasida shuningdek "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" bor edi.

28 yoshli xavbek intervyularidan birida MYUning taklifini qabul qila olmasligini bildirgandi. Bunga sabab esa mankunianlar va "Lids" o'rtasi tarixiy dushmanlikdir. SHu sabab u "Manchester Siti"ga o'tdi. "SHaharliklar" o'yinchi uchun 49 million evro to'lashdi. Albatta, "Lids" va "Manchester Siti" turli darajadagi jamoalar hisoblanadi. Fillips buni o'tgan mavsumdagi ilk "Vest Xem"ga qarshi faqatgina bir daqiqa maydonda harakat qilganda tushungan. Ammo, yigitcha hayotida ilk bor CHempionlar ligasida harakat qildi. "SHaharliklar" uning debyut o'yinida "Sevilya" (4:0)ni tor-mor keltirishgan.

Xavbekning yangi klubidagi ishlari ilk kunlardanoq reja bo'yicha ketmadi. U 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi o'yinidayoq qaydnomaga kirmadi, uchinchi bahsni esa zaxirada o'tkazdi, so'ngra elkasidagi jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqdi. Fillips APLda mavsumning ilk yarmida atigi 1 daqiqa "Vest Xem"ga qarshi o'ynadi. Futbolchi maydonga 2023 yilning yanvarida qaytdi, ammo 2-3 o'yindan so'ng bir bor o'ynadi. "Lids" tarbiyalanuvchisi mavsumning katta qismini zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. Xosep Gvardiola "Arsenal" chempionlik poygasida mag'lub etilganidan so'ng mavsum so'nggiga kelibgina unga ko'proq o'yin amaliyoti bera boshladi.



O'tgan mavsum "Manchester Siti" uchun fantastik bo'ldi. "SHaharliklar" trebl qayd etishdi. Fillips "Lids"dan so'ng misli ko'rilmagan marraga etdi. Ammo, uning o'z holatidan mamnun ekanligiga ishonish qiyin. Uning jamoaning barcha sovrinlarga erishishdagi roli minimal edi. Gvardiola bir necha bor xavbekning insoniylik sifatlarini qayd etdi, ammo shu bilan birgalikda o'yin nuqtai nazaridan undan unchalik rozi emasligini malum qildi. Mutaxassis uning deyarli o'ynamayotganini tushuntirish uchun shogirdining ortiqcha vaznga ega ekanligi va boshqa sabablarni keltirdi. Ulardan biri uzoq vaqtdan beri yaxshi formada bo'lgan Rodridir. Ammo, angliyalik hatto ispanning o'rinbosari bo'lishni ham ko'rib chiqmayapti.

"Manchester Siti" yozda bir yo'la ikki markaziy yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi. Trebl sohiblari safiga "CHelsi"dan 29 mln evro evaziga Mateo Kovachich va "Vulverxempton"dan 62 millionga Mateus Nunes qo'shildi. SHundan so'ng Fillipsning "Etixad"dagi faoliyati katta so'roq ostida qoldi, sababi asosiy tarkibdagi o'rin uchun raqobat ikki baravar oshdi. Gvardiola boshqa o'yinchilarni afzal ko'rgan holda har safar Kelvinga ishonch bildirmasligini bildirdi. Fillips 8ta o'yinni o'tkazib yuborgan holda noyabrda beri APLda maydonga tushmayapti. U CHempionlar ligasida "shaharliklar" natija uchun harakat qilmagan paytlari o'ynadi.

Gvardiola oxir-oqibat Fillipsga o'yin amaliyoti bera olmasligini tan oldi. Mutaxassis shu bilan birga uning ketishiga to'sqinlik qilmasligini malum qildi. Ammo, bu erda barchasi oddiy emas, sababi "Manchester Siti" futbolchilarni faqatgina o'zi uchun yaxshi shartlar evaziga qo'yib yuboradi. Nafaqat to'laqonli transfer, balki ijara ham boshqa klublar uchun qiyinlik qilishi mumkin. Mish-mishlarga ko'ra, "Yuventus" xavbekni ijaraga olish g'oyasidan voz kechdi, sababi turinliklar uning maoshini ko'tara olishmaydi. Boshqa davogarlar ham bor, ammo ular bilan ham barchasi aniq emas. "SHaharliklar"ning talablaridan boshqa to'siqlar ham bor.



Mish-mishlarga ko'ra, Fillips yanvarda "Nyukasl"ning transfer maqsadi hisoblanadi. Klub o'yinchini olishni juda ham istamoqda, ammo moliyaviy qoidalar sabab faqatgina ijaraga olishi mumkin. Uning o'tishiga qiziqish bildirgan "Everton" bilan ham holat shunday. "Ko'klar" katta ehtimol bilan ochkolar olib tashlanishidan so'ng yanvarda umuman hech kim bilan shartnoma imzolashmaydi.  SHuningdek "Kristal Pelas" ham bor, ammo Kelvin Angliya terma jamoasi tarkibida Evropa chempionatiga borishni xohlayotganini hisobga olsak bu ham unchalik istiqbolli variant emas. Umuman olganda vaziyat og'ir. Fillips shunday yoshdaki, bu paytda bemalol faoliyatini qayta yo'lga qo'yishi mumkin, ammo buning uchun mos sharoitlar ham bo'lishi kerak. Balki "yorkshirlik Pirlo" faqatgina "Lids" muxlislarining xotiralarida qolar.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика