Kellini yangi shartnoma bo'yicha muzokara o'tkazish uchun "Yuventus" ixtiyoriga qaytdi
02 avg 2021 14:37
Yangiliklar
Kellini yangi shartnoma bo'yicha muzokara o'tkazish uchun "Yuventus" ixtiyoriga qaytdi
Iyunda "Yuventus" bilan shartnomasi yakuniga etgan himoyachi Jorjo Kellini klub ofisiga tashrif buyurdi.
36 yoshli erkin agent bugun, kun davomida "keksa sinora" bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o'tkazishi kerak.
Jorjo Turin grandi tarkibida 2005 yildan beri harakat qiladi.
Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar