So’nggi yangiliklar

12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  0 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  1 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  3 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  1 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  5 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  2 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  7 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  10 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  11 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2

"Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan murabbiy terma jamoani boshqarishi juda g'alati. Ammo bu Italiya" Yangiliklar

"Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan murabbiy terma jamoani boshqarishi juda g'alati. Ammo bu Italiya"

Belgiyaning "FederBet" federaciyasining bosh kotibi Franchesko Baranka kelishigan o'yinlar tergov ishlari bilan shug'ullanadi.

U mingdan ortiq kelishilgan o'yinlarni aniqlagan. "FederBet"ning rasmiy azolari Ispaniya la ligasi, "Sampdoriya", "Udineze" va boshqa ko'plab klublar va bukmekerlik kontoralari.

- "FederBet" - bu kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashuvchi associaciya. Bizning fikrimizga ko'ra, asosiy muammo klub va federaciyalar o'zini xuddi kelishilgan o'yinlarda ishtirok etmaydigan qilib ko'rsatishi. So'nggi o'n yil ichida kelishilgan o'yinlar yangi darajaga chiqdi: uchrashuvlar, variantlar, tikish imkoniyatlari ko'paydi. Endi kelishilgan o'yinlarni tashkillashtirish yanada osonlashdi. Siz kulishingiz mumkin, lekin eng korrupciyalashgan liga - Kanada chempionati.

- Faqat futbolmi yoki xokkey ham bormi?

- Faqat futbol, ammo u shunchalik korrupciyalashganki, xattoki u erda 2012 yilgi mamlakat finali natijasini bekor qilishgan (futbolchilar kelishilgan o'yinda ishtirok etgani uchun "Toronto Kroeysha"ning g'alabasi tan olinmagan).

Policiya bilan hamkorlikda, Evropada ikki turdagi kelishishni aniqladik: birida futbolchilar va yana birida klub rahbariyati o'yinni sotadi. G'arbiy Evropada faqat futbolchilar ishtirok etadi. Ular bukmekerlik kontoralarida pullarini boy berganidan so'ng, yo'qotishni qoplash uchun o'yinni sotadi. Futbolchilar tavakkalchilikni yaxshi ko'radi. Bunday insonlar, ularga o'yinda omad kulib boqadi deb o'ylaydi. Bundan tashqari, futbolchilardan pul va bo'sh vaqt ko'p.

Biz yosh futbolchilar bilan seminarlar o'tkazamiz. Ularning savollari ko'pligini tasavvur ham qila olmaysiz. Biz bukmekerlik kontoralarini yomonlamoqchi emasmiz. Biz futbolchi  bir marta o'yinni sotgan bo'lsa, uni butun umr kuzatishlarini tushuntiramiz.

- Kelishilgan o'yinlarni qanday aniqlaysiz?

- Bukmekerlik bozori fond birjasiga juda o'xshab ketadi. Har bir voqeaning bahosi bor va bu narx besabab o'zgarsa, kelishilganligi aniq bo'ladi. Mana masalan: uch hafta oldin Ukraina chempionatida "Ternopol" - "Nikolaev" 4:2 o'yini bo'ldi. 0:0 bo'layotgan uchrashuvning 30 daqiqasida ko'p gol bo'lishiga koefficient birdaniga 1.3ga tushib ketdi. Bunday bo'lishi mumkin emas. O'yin davomida Ukraina Tribunasi bilan bog'landik va uchrashuv biz taxmin qilganidek yakunlandi.


SHarqiy Evropa - tavakkal hududi. Men Boltiqbo'yi, Ukraina, Belarusiya haqida gapiryapman. Yaqinda sharpa o'yin bo'lib o'tdi. Portugaliyaning "Freamunde" va Ispaniyaning "Ponferrandina" klublari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Juda qiziq bo'ldi. Biz Ispaniya ligasi rahbariyatiga qo'ng'iroq qilib, ularning klubi nimanidir boshlaganini aytdik. Ular esa bizga quyidagi javobni berishdi: "Yaxshi, hammani jazolaymiz". Rahbariyat ham klubga qo'ng'iroq qildi va o'ziga xos javob oldi: "Biz hech qanday uchrashuv o'tkazayotganimiz yo'q, o'z shahrimizda kechki ovqatni tanovul qilyapmiz".

Malum bo'lishicha, kimdir "Real", "Barselona", "Yuventus" futbolkasidagi 22 kishini yig'gan. Saytning onlayniga javob beradigan kishi esa, translyaciyani olib borgan, gol bo'lgan daqiqalar, burchak to'plari va yana shunga o'xshash narsalarni yozgan.

- Hech kim jazolanmadimi?

- Albatta.

- Kelishilgan o'yinlar bilan qanday kurash olib borasiz?

- Biz profilaktikani eng foydali usul deb bilamiz. Masalan, biror klub bilan shartnoma tuzamiz va klub bizga tekshiruv o'tkazish uchun ruhsat beradi. Bizni futbol auditori desa bo'ladi. Biz bukmeker bozorini kuzatamiz. Boshqaruvning ikki uslubi bor: klubning o'yindagi koefficienti qanday o'zgarishi va bu o'yinlarga qancha tikilishi. Bukmekerlar bizga bu malumotlarni etkazadi va biz bu uchrashuvlarga qancha tikilganini bilib olamiz.

Masalan, ikki hafta oldin voleybol bo'yicha Italiya chempionati o'yini bo'lib o'tdi. Koefficientlar bilan hammasi joyida edi. Ammo kimdir katta pul tikishga urindi. SHunda biz klub bilan bog'landik va ular biz bilan hamkorlik qilishdi va to'pni uzatishga tayyorlanayotgan o'yinchi bu fikrdan qaytdi. Agar jamoalar halol bo'lib, biz bilan hamkorlik qilishga tayyor bo'lsa, bunday muammolar oson hal bo'ladi.

Ikki yil davomida La Ligada yirik ko'lamdagi ishni bajardik. Ikki yil oldin Ispaniya futboli korrupciya va sotilishdan jabr ko'rayotgan edi. Hozir ispan ligalarida kelishilgan o'yinlar kam, futbolchilar pul tikishdan qo'rqishadi, chunki ular biz tekshirayotganimizni biladi.

- Ammo hozir o'tgan bahordagi o'yinga bog'liq katta mojaro ko'tarilgan.


- Ha, ammo bu o'yinlar pul tikishga aloqador emas. Ispanlar buni hal qilishdan qo'qrmaganlari juda yaxshi bo'ldi. Bunday o'yinlarni "maletines" (ispanchada "chamadon") deyishadi. Bu kabi uchrashuvlarda, bir jamoa vakili ikkinchi jamoaga mag'lub bo'lishi uchun pul keltirib beradi. So'nggi turlardagi bunday vaziyatlar ko'plab chempionatlarda sodir bo'ladi. Ammo bu malumot, pul tikish uchun ishlatilmagan.

- Kelishilgan o'yinni tashkillashtirish qancha turadi?

- Hammasi bukmekerlik kontorasining limitiga bog'liq. Policiya malumotlariga ko'ra, A Seriya o'yinlarida futbolchilar 30-40 ming evrodan olishadi. Ikkinchi divizionning oddiy jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni xatto ming evro evaziga ham sotib olsa bo'ladi.

- Qaysi sport turida korrupciya ko'p? Futbolmi?

- Ha. Kelishilgan o'yinlar tashkilotchilari va o'yinga pul tikadigan o'yinchilar orasida eng ommalashgan sport turi - bu futbol. Ammo tennisda kelishish osonroq, chunki bor yo'g'i bir kishini sotib olishga to'g'ri keladi. Kriket va voleybolda ham o'yinlar sotiladi. Qisqasi, tavakkalchiligi bor har qanday sport turida kelishilgan o'yinlar bo'ladi.

- Sizda o'yin sotilganligi haqida malumot beruvchi insayderlaringiz bormi?

- Ha. Muxlislar va kapperlardan biror-bir uchrashuvni kuzatish so'raladigan xatlar keladi. Bukmekerlik idoralaridagilar ham bizga yordam beradi.

- Sizga kelishilgan o'yinlar tashkilotchilari tahdid qilganmi?

- Albatta. Men yaqinda Sofiya markazida 3 yil oldin o'ldirilgan do'stimni ziyorat qilib Bolgariyadan qaytdim. U ham kelishilgan o'yinlarni kuzatardi. Menga ham tahdidlar bo'lgan.

- 2015 yil hisobotida Ukraina, Belarusiya yoki Rossiya o'yinlari ham bo'ladimi?

- O'ylashimcha, bo'ladi. Belarusiyaning birinchi ligasi juda iflos.

- Bolqon va afrikalik futbolchilar juda korrupciyalashgan deyishadi?

- Statistikaga qaraydigan bo'lsak, siz haqsiz.

- Kelishilgan o'yinlarsiz o'tadigan chempionat bormi?

- O'ylashimcha, APL va Bundesliga. Ammo bir kuni qaysidir futbolchi kelishilgan o'yinda ishtirok etgisi kelib qolishi mumkin. Liganing saviyasi past bo'lsa, kelishilgan o'yin tashkillashtirish oson.

- Islandiyachi? U erga etib borish qiyin, legionerlar kam.

- Siz Finlyandiya tarixini bilasizmi? Afrikaliklar kelganida, u chempionat juda korrupciyalashib ketgan edi.

- "Kelishilgan o'yinlar qiroli"ni o'qigan edim.

- Biz janob Perumal bilanr Bushapeshtda kelishganmiz.

- Xo'sh?

- Bizda ishlashni xohladi. To'g'risini aytsam, u meni malumot bilan taminlaydi.U o'z hayotini o'zgartirmoqchi shekilli.

- U o'z tajribasidan kelib chiqib shunchaki pul tikib pul topa olmaydimi?

- Perumal kelishilgan o'yinlarda ishlab topgan barcha pullarini, halol o'yinlarda boy bergan.

- Italiyadagi kelishilgan o'yinlar haqida nima deya olasiz?

- Italiyada "Bari" ishini tekshirdik va ko'plab futbolchilar qamoq jazosiga mahkum qilindi. Ko'plab dalillar topdik, hech kim sababsiz jazolanmadi. "Kromeneze" ishida 173 kishi ishtirok etgan va ularning orasida Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte ham bor. U erda hozir vaziyat yaxshilangan, ammo har 3-4 yilda yangi bir ish qalqib chiqadi.

- Kelishilgan o'yinda ishtirok etgan Italiya terma jamoasini boshqarayotgani sizga g'alati tuyulmayaptimi?

- Juda g'alati, ammo bu Italiya. Siz Xaver Agirrening tarixini bilasizku. Yaponlar uni kelishilgan o'yinda ishtirok etganini bilib, Agirreni haydab yuborishdi. Mana Yaponiya va Italiya o'rtasidagi farq.

- Yaponiya Osiyo Kubogida ham omadsizlikka uchradi. Tailand - Kamerun o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida Orelen SHeju juda shubhali avtogol urdi. Bu o'yin haqida sizga biror narsa malmumi?


- Hozircha yo'q. Ammo o'sha kuni Indoneziya va Myanma o'rtasida bo'lgan uchrashuv 100% kelishilgan. Uchchala gol ham ikkinchi bo'limda urilgan.

- JCH-2014dagi Kamerun va Xorvatiya o'yini kelishilganligiga ishonasizmi?

- Ishonmayman. Jahon chempionatida bunday bo'lmagan.

- Nega Osiyo kelishilgan o'yinlar va pul tikishda hammadan oldinda?

- Osiyoda katta pul tiksa bo'ladi. Doimo o'zimga savol beraman: nega u erda katta pul tikishlar qabul qilinadi?

Hamma yo'llar Osiyo bozoriga olib boradi. Barcha bukmekerlar Osiyoni kuzatadi, chunki u erda katta pul tikish mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика