So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  4 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  14 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  6 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  1 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  9 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Kechikkan "Tarixda bugun": Sergeevni yig'latgan, Javohir Sidiqovni esa sindirgan o'yin Yangiliklar

Kechikkan "Tarixda bugun": Sergeevni yig'latgan, Javohir Sidiqovni esa sindirgan o'yin

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: "Paxtakor"ning OCHL-2015dagi yurishini to'xtatishgan majbur qilgan alamli o'yin

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2019 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "D" guruhidan joy olgan "Paxtakor" "Al Ahli" (S.Arabistoni), "Persepolis" (Eron) va "Al Sadd" (Qatar) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. Yaxshi tarkib va ajoyib o'yinga ega "sherlar" guruhda 8 ochko bilan uchinchi o'rinni egallashgan. Ulardan tepada bo'lgan "Al Sadd" 10, "Al Ahli" esa 9 ochko jamg'argan. Guruhda so'nggi o'rinni egallagan fors klubi hisobida 7 ochko. To'rtta teng kuchli jamoalar joy olgan guruh bo'lgandi bu.

OCHL-2019 guruh bosqichining 5-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Persepolis"ni qabul qilgan. CHempionlar ligasining bir yil oldingi finalchisiga qarshi munosib o'yin ko'rsatgan SHota Arveladze shogirdlari Sergeevning 86-daqiqadagi goli evaziga 3 ochkoni o'zlariniki qilib olishgan.


"Championat.asia" fotomuxbirlari Tolibjon Qosimov hamda Jahongir Fayzullaev voqealarga boy o'tgan uchrashuvdan bir quloch ajoyib kadrlarni tarixga muxrlashgan.

P.S. ushbu uchrashuv kechagi sana, 6 mayda bo'lib o'tgan. SHuning uchun kechikkan "Tarixda bugun" deb atadik. Voqealarga va kadrlarga boy o'yinni bir kun kech bo'lsa ham beraverishni maqul deb topdik.

OCHL, "D" guruhi
5-tur
, 06.05.2019
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 17350 tomoshabin
"Paxtakor" - "Persepolis" 1:0
Hakamlar:
Kristofer Bit, Anton SHetinin, Eshli Bisham (Avstraliya), Mohd Amirul Izvan (Malayziya).

Gol: I.Sergeev 86 (pas D.CHeran).

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 34.Farrux Sayfiev, 15.Egor Krimec (s), 23.SHerzod Azamov, 3.Xojiakbar Alijonov, 20.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 99.Javohir Sidiqov (45.Sobit Sindarov, 25) (4.Akrom Komilov, 89), 21.Marat Bikmaev (11.Igor Sergeev, 79).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 19.SHohruh Mahmudhojiev, 29.Vladimir Kozak, 55.Marko Simich.

"Persepolis": 1.Ali Rizo Beyranvand, 2.Omid Alishoh (19.Mario Budimir, 63), 4.Said Jalol Hussayni (s), 17.Mehdi SHiri, 28.Muhammad Nodiri, 7.Surush Rafeyi (9.Mahdi To'robi, 70), 8.Ahmad Nurollohi, 11.Kamoliddin Kamyabinia, 18.Muhsin Nodehi, 88.Siamak Nemati, 70.Ali Alipur
Zaxira: 44.Bozidar Radoshevich, 5.Bashar Resan, 10.Mehdi SHarifi, 21.Adam Hemati, Ali Taklimi.

Ogohlantirish: J.Masharipov 65.

"Persepolis" CHempionlar ligasining amaldagi finalchisi va Eronning eng kuchli klubi sifatida Toshkentga kelgandi.


O'tgan yilgi o'yinni asosiy tarkibda boshlaganlardan faqat Marat Bikmaev hozir "Paxtakor" tarkibida emas. U "Lokomotiv"ga qaytib ketgan.


SHota Arveladze va Branko Ivankovich.



SHerzod Azamov.


Dragan o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin xatto butsasi echilib ketganini bosh hakam Kristofer Bitga ko'rsatib jarima zarbasi so'ramoqda.


SHota ham hayron.


OCHL-2019ning guruh bosqichida ikkita va guruhga chiqish uchun saralash bosqichida ikkita gol urgan Marat Bikmaev.


Mehdi SHiri to'pni Farruh Sayfievdan olib qo'yishga urinmoqda.


Masharipovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyingi ziddiyatli vaziyat. "Paxtakor"da raqiblar eng yiqitadigan o'yinchi aynan Jaloliddin.


Fors muxlislari.


Jalol Hussayni Sardor Sobirxo'jaevga qarshi chiqib kelmoqda.


Uchrashuvni "Paxtakor" markaziy stadionida 17350 tomoshabin bevosita kuzatib borgan.


Afsuski, bahsning 21-daqiqasida raqib o'yinchisi Sidiqovning oyog'ini bosib oldi va Javohir maydonga tizzasi bilan juda noqulay yiqiladi.


Yarim himoyachining yuzidan ham jarohat va og'riq qay darajadaligini bilish qiyin emasdi. Afsuski, o'sha pallada yonimdagi fotograflarga Sidiqovni anchaga yo'qotdigov deganim yodimda.

Foto Javohir Sidiqov jarohat oldi

Oradan 1 yil o'tdi, ammo Sidiqov hali maydonga qaytmadi. U umumiy mashg'ulotlar qaytib ulgurgan, balki Superliga qayta tiklanganda uni maydonda ko'rib qolarmiz. SHunga umid qilamiz.


CHeran boyagi jarima zarbasi belgilanmagan vaziyat uchun hakamga shunday tarzda munosabatini bildirgandi.


Bechora Masharipovni yiqitib charchashmaydi.


To'p uchun havodagi kurashda "Paxtakor" markaziy himoyachilari qurshovida qolib ketgan Muhsin Nodehi.


Sergeev Bikmaevning o'rniga zaxiradan maydonga tushganidan so'ng ketma-ket vaziyatlarga ega bo'la boshladi.


CHeran OCHL-2019 saralashida bitta va guruh bosqichida bitta gol urgandi.


Bahsning 86-daqiqasida CHeranning pasidan keyin Igor chap tomondan darvozaga kuchli zarba berdi va ...


Va yo'l-yo'lakay himoyachiga biroz tekkan to'p darvozaning uzoq yuqori burchagidan joy olgandi.


Gol va golli pas mualliflari bir kadrda.


Alisher Toirovdan ajoyib parvoz)


Nigohlar va emociyalar...


Forslar darvozaboni Ali Rizo Beyranvand o'yin oxirida hujumga borgandi.


90+4-daqiqada Sergeev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgan va Beyranvand to'pni qaytargandi.


Bosh hakamning final xushtagi chalinganidan so'ng Igor Sergeev ko'z yoshlarini tiyib tura olmagandi.


SHota Arveladze esa boshqacharoq yo'l tutgandi.



Video "Paxtakor" - "Persepolis" 1:0


Samimiy quvonchga to'la surat.



"Juda muhim va kerakli g'alabani tantana qildik" - SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani


O'sha kuni butun stadion Sergeevni olqishlagandi.


OCHL-2019 guruh bosqichi doirasida o'tkazilgan "Paxtakor" - "Persepolis" (1:0) uchrashuvidan to'liq galereyani quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика