Kazemiro "Barselona"da eng muhim futbolchi kim ekanligini aytdi

Mirjalol Normatov
28 dek 2019, 19:57
"Real" yarim himoyachisi Kazemiro "Barselona"dagi muhim futbolchi haqida gapirdi.

"Barcha muxlislar Messi, Suares, oldinlari Neymar haqida gapirishardi. Biroq men uchun "Barselona"ning eng muhim futbolchisi - Buskets.

Xavi va Inesta haqida hamma gapirayotganda ham u doimo qora ishlarni bajarib yurardi. Buskets - dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri.

Balki u va mening natijalarimiz bir-biriga to'g'ri kelmas, biroq u doimo o'z poziciyasini to'g'ri tanlaydi va jamoaga katta yordam beradi", - dedi Kazemiro.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal