Rodri: "Buskets - barcha davrlarning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi"

Omonjon To`xtamirzayev
20 okt 2023
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri hamyurti Serxio Buskets haqida iliq fikrlar bildirdi.

"Buskets barcha davrlarning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi. Men esa undan ham yaxshiroq bo'lishni istayman. Uning darajasiga yetish - juda ajoyib natija".

34 yoshli futbolchi "Barsa" bilan 9 bor mamlakat chempion bo'ldi, 7 martadan mamlakat kubogi va superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, 3 martadan Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo