Kasorla "Arsenal"ga qaytishni xohlaydi
18 mar 2020 23:50
Yangiliklar


Kasorla "Arsenal"ga qaytishni xohlaydi
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Santi Kasorlaning o'zi bunga iqror bo'ldi:
"Xohishim amalga oshish yoki oshmasligini bilmayman, ammo faoliyatimni yakunlashdan oldin "Arsenal" uchun yana bir bahsda maydonga tushmoqchiman. "Arsenal" men o'ynagan eng katta klub edi. "To'pchilar" safida to'p tepganimdan faxrga to'laman, g'ururlanaman. Klubni tark etganimdan keyin ham meni qo'llab-quvvatlagan jamoa muxlislaridan minnatdorman. Kelajakda yana "Arsenal" tarkibida bo'lmoqchiman", - dedi ispaniyalik futbolchi.
"Express" nashri xabariga ko'ra, 35 yoshli Kasorla London klubiga murabbiy sifatida qaytishni rejalashtirib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar