Arteta "Arsenal"ning transfer bozoridagi maqsadlari ro'yxatini tuzdi
01 jan 18:12
Yangiliklar
Arteta "Arsenal"ning transfer bozoridagi maqsadlari ro'yxatini tuzdi
Shu bois klub ichidagi etibor endi yanvar oyidagi transfer oynasiga qaratilgan.
Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta tarkibni kuchaytiradi. "Caught Offside" nashri murabbiy yanvar oyi uchun short-listga kiritgan futbolchilar ro'yxati malum bo'lib ulgurgan.
Himoya chizig'i uchun kuzatilayotgan nomlardan biri — Davide Bartezagi ("Milan"). U chap himoya poziciyasini kuchaytirish uchun ehtimoliy echim sifatida qaralmoqda.
Yana bir istiqbolli variant — "Atalanta"ning yosh markaziy himoyachisi Onest Aanor. Uning jadal rivojlanishi butun Evropa bo'ylab klublar etiborini tortgan, biroq "Arsenal" hozircha u bilan rasmiy aloqaga chiqmagan.

Shuningdek, "Renn" futbolchisi Jeremi Jake (suratda) ham "Arsenal" nomzodlari ro'yxatida bor. U bo'yicha avvalroq norasmiy muzokaralar olib borilgan.
Yarim himoyada esa "Arsenal" jamoaga qo'shimcha energiya berib, tarkib rotaciyasini taminlay oladigan variantlarni o'rganishda davom etmoqda. Shu nomzodlar orasida Ayub Buaddi Arteta uchun eng istiqbolli futbolchilardan biri sifatida qaralyapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar