Karpin "Zenit"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Bo'lib turadi"
16 avg 2020 01:01
Yangiliklar
Karpin "Zenit"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Bo'lib turadi"
– Echinish xonasida jamoaga nima dedingiz?
– Hammasi ajoyibligini aytdim. Bo'lib turadi. Yaxshi o'ynadik. Birinchi taym – yaxshi, ikkinchi bo'lim – yanada yaxshiroq.
Albatta, tabriklamadim, chunki yutqazdik. O'yin uchun rahmat aytdim.
– Zaynutdinov tagaffusda jamoa etarlicha pressing qilmayotganini aytdi. Tanaffusda bazi futbolchilar bilan "qattiq" gaplashib qo'ydingizmi?
– Nega "qattiq"? Siz shunchaki ular bajarishi kerak bo'lgan vazifani tushuntirishingiz kerak. Ular ikkinchi bo'limda ko'rsatmalarni amalga oshirishdi.
Hamma ko'rdi. Aytishga ham hojat yo'q. SHunga qaramay, biz Rossiyaning eng yaxshi jamoasiga qarshi yaxshi o'ynadik.
– Normann bugun bir nechta poziciyalarda o'ynadi. Birinchi taymda markazda, keyin ikki nafar himoyachining orasiga kirib oldi, o'yin oxirida esa hujumchilar hududida ko'rinish berdi. Bunday taktikani boshqa o'yinlarda ham qo'llaysizmi?
– Bu ilgari ham ishlatilgan taktika, shunchaki, siz ko'rmagansiz.
– Bugun juda yorqin ko'rindi…
– Ehtimol, bugun uning harakatlarini diqqat bilan kuzatgansiz. Ammo bu oldin ham sodir bo'lgan", – dedi Karpin "Match Premer" efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar