Karlush Keyrush: "O'zbekiston bilan o'yinda muxlislar 12-o'yinchi bo'lishlariga ishonaman"
11 iyu 2017 21:14
Yangiliklar


Karlush Keyrush: "O'zbekiston bilan o'yinda muxlislar 12-o'yinchi bo'lishlariga ishonaman"
Eron va O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Karlush Keyrush o'z fikrlarini bildirdi.
"Ertaga O'zbekistonga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi. Oldinda uchta muhim o'yin bor, ulardan birinchisi O'zbekiston bilan bo'ladi.
O'zbekiston oldinlari doim biz bilan kuchli o'ynagan. Ularni mag'lub etish doim og'ir bo'lgan. Ularning safida texnik kuchli futbolchilar bor. Futbolchilarimiz va jamoamiz ertangi bahsga tayyor. "Ozodi" stadioniga keladiganlar biz uchun 12-o'yinchi bo'lishlariga ishonaman. Orzuni amalga oshirish uchun harakat qilamiz.
Kerakli natijaga erishishga ishonaman. Albatta bizda ishonch bor, ammo raqib ham anoyi emas", - deydi Keyrush.
O’xshash yangiliklar
16:15
Eron bilan mojaro tufayli legionerlar Isroil klublarini ortiqcha shartlarsiz tark etishi mumkin 6

Fikrlar