So’nggi yangiliklar

13:39Кейн "Олтин тўп" ҳақида: "Албатта, бу ҳақда ўйлайман!"  0 13:16"Насаф" яна бир етакчиси билан шартномани узайтирди!  1 13:03Ўзбекистон U-20 бош мураббийи Фарҳод Нишонов: "Биздан янги "Ҳусанов"ларни қидиришмоқда"  0 12:41ПФЛ "Насаф"нинг футболчини ижарага бериш масаласидаги таклифини қабул қилмади  0 12:15Англия Кубоги 4-босқичига қуръа ташланди: "Сити"га осон рақиб тушди, МЮ Ван Нистелрой қўл остидаги "Лестер"га қарши ўйнайди  0 11:58Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"да  4 11:39Ўзбекистон терма жамоаси футболчиси "Ордабаси" билан хайрлашди  2 11:23Ўзбекистонлик ҳакам бугун 2 учрашувда иш олиб боради  0 11:10Футзал. Бугун Ўзбекистон Осиё чемпионати саралашидаги иштирокини бошлайди  1 11:03Расман. Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси янги мавсумни «Бунёдкор»да бошлайди  2 10:57«Манчестер Сити» ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттиради  2 10:48АПЛдагилар космосдан тушмаган ёхуд уни "Манчестер Сити"да нима кутмоқда? Ҳусановнинг саргузаштлари ўзбекистонлик мураббийлар нигоҳида  5 10:31«Краснодар» тарбияланувчиси «Сурхон» кўригидан ўтмоқда  1 10:05Бир қатор тажрибали футболчилар «Хоразм» йиғинида иштирок этмоқда  3 09:47Ислом Исмоилов: "Рақиб ким бўлишининг фарқи йўқ. Барча рақибга қарши ўйнашимиз керак бўлади"  2

Karlush Keyrush Eron terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida qoladi Yangiliklar

Karlush Keyrush Eron terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida qoladi

Teglar :  Karlush KeyrushEron
Eron futbol federaciyasi prezidenti Mehdi Taj mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushning istefoga chiqish arizasi rad etilgani va u o'z lavozimida qolishini malum qildi.

Maxsus tashkil etilgan matbuot anjumanida Eron futbol federaciyasi rahbari Karlush Keyrushning mamlakat termasidagi muvaffaqiyatlari, xususan, Osiyo mamlakatlari o'rtasida Eron bir necha yildan buyon FIFA reytingida etakchilik qilayotgani takidladi. Bundan tashqari,  Mehdi Taj Osiyo CHempionlar Ligasi musobaqasida Eron klublari uchun 4 ta kvotani saqlab qolish muhim ekanini aytdi.

Matbuot anjumani davomida Eron futbol federaciyasi rahbari terma jamoa va klublar o'rtasidagi muammolar amaldagi reglamentga muvofiq o'zaro hurmat orqali bartaraf etilishi kerakligini takidladi.  

Eslatib o'tamiz, 63 yoshli mutaxassis 8 yanvar kuni Eron futbol federaciyasi bilan yuzaga kelgan o'zaro ziddiyat va kelishmovchiliklardan so'ng milliy terma jamoadan ketish haqida ariza yozgandi.

Qayd etish joiz, Eron hamda O'zbekiston futbol federaciyalarining o'zaro kelishuviga ko'ra, JCH–2018 turniriga saralashning uchinchi bosqichi 8-turi doirasidagi Eron – O'zbekiston uchrashuvi 2017 yilning 13 iyun kunidan 12 iyun sanasiga ko'chirilgan edi.

Malumot uchun, JCH–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Eron 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi, O'zbekiston 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика