Karlo Anchelotti Italiya klubi bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib oldi
23 may 2018 11:46
Yangiliklar


Karlo Anchelotti Italiya klubi bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib oldi
Italiyalik mashhur mutaxassis Karlo Anchelotti yaqin vaqt ichida "Napoli" bosh murabbiyiga aylanadi.
Oldinroq, Anchelotti Italiyada neapolliklar klubi prezidenti Aurelio De Laurentis va sport direktori Kristiano Gintali bilan muzokaralar o'tkazgan edi. Uchrashuv natijasida tomonlar 3 yillik shartnoma borasida kelishib olishdi. Bugun, 23 may kuni muzokaralarning navbatdagi bosqichi o'tkaziladi.
"Napoli"ning hozirgi ustozi Mauricio Sarri istefoga chiqariladi va uning o'rniga Anchelotti tayinlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar