So’nggi yangiliklar

23:17"Реал"дан расмий баёнот: "Буни қабул қилиб бўлмайди"  7 23:01RFEF ҳакамлар борасида расмий маълумот чиқарди  12 22:46НИМА? "Реал" финалда иштирок этмаслиги мумкин  15 22:27БУМ! "Реал" финал олдидан бўладиган барча тадбирларни бекор қилди. Бу бойкотми?  21 22:13"Барселона" - "Реал" ўйини бош ҳаками финал олдидан матбуот анжуманида йиғлаб юборди  11 21:54Слот АПЛ ҳақида: "Бу қийин лига, авваллари топ-5 учун бундай кураш бўлмаган"  2 21:12Кейлор Навас: "Барселона" менга қизиққани борасидаги хабар ёқиб тушди"  0 20:52"Ювентус" ЕЧЛга чиқа олмаса, катта зарарга учраши, бир қанча футболчилар кетиши мумкин  2 20:23Невилл Слот ҳақида: "У зўр ишлади. Мавсум олдидан кимдир "Ливерпуль"ни чемпион бўлади демаганди"  2 19:56"Кўринмай қолган" Жоау Феликсга 4 та клуб даъвогарлик қилмоқда  4 19:34Роналду "Ал Насср" билан янги шартномасига кўра дақиқасига 327 фунт ишлаб топади  10 19:11"Барселона" ва "Реал" Испания Кубоги финали учун қайдномани эълон қилди  5 18:49Моуринью Португалия терма жамоаси бош мураббийига айланишга яқин  4 18:22"Бавария" икки футболчисини сотмоқчи  0 17:55Пепе "Барселона" – "Реал" тўқнашуви бўйича тахминини билдирди  24

Karles Puyol championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi Yangiliklar

Karles Puyol championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi

2010 yilgi Jahon chempioni Karles Puyol FIFA World Cup™ Trophy Tour by Coca-Cola loyihasi doirasida Toshkentga uchib kelganidan xabaringiz bor.

Tashrif chog'ida "Barselona" afsonalaridan biri Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevga qisqa eksklyuziv intervyu berdi.

- Siz 2010 yil yarim finalida Germaniyaga gol urgansiz va Ispaniya ilk bor finalga chiqqandi. O'sha kunni qanday eslaysiz?

- Bu biz uchun juda muhim kecha bo'lgandi. O'sha bahsni yaxshi eslayman, biz jamoaviy tarzda ishlab, g'alabaga erishgandik. Bu g'alaba faqat meniki yoki boshqa futbolchiniki emasdi, nafaqat yarim finalda umuman o'sha mundialda chempion bo'lish uchun jamoaviy o'yin namoyish etgandik.

- Siz o'ynagan davrni Ispaniya futboli tarixidagi eng kuchli avlodga ega edi deyishadi. Bunga qanday erishgandingilar? Nima deb o'ylaysiz bu yilgi Jahon chempionatida Ispaniya yana mundialda g'olib bo'la oladimi?

- Ha men o'ynagan paytda tarkibda juda kuchli futbolchilar bor edi. Bu 2008 yildan boshlangandi. O'sha vaqtdagi bosh murabbiyimiz Luis Aragones bizning mentalitetimizni biroz o'zgartirgandi: bor etiborimizni faqat g'alabaga qaratgandi. Biz g'alaba uchun faqat mehnat va harakat qilmadik, balki aqlni ham ishlatdik. 2008 yilda Evropa chempioni bo'ldik. Keyin 2010 yilda Jahonda tengsiz jamoaga aylandik. Hozir ham Ispaniya terma jamoasida yaxshi futbolchilar bor. Ispaniya diyori doim yaxshi futbolchilarni o'stirgan va hozirgi terma jamoamiz ham Jahon chempioni bo'ladi deb umid qilamiz.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика