Kapello: "Teo mundialda "qo'l tormozi" bilan o'ynadi"
25 dek 2022 11:21
Yangiliklar
Kapello: "Teo mundialda "qo'l tormozi" bilan o'ynadi"
"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapelloning fikriga ko'ra, "rossoneri" futbolchisi Teo Ernandes ushbu chempionatda o'zini ko'rsata olmadi.
"Teo Ernandesning ishtiroki? U "qo'l tormozi" bilan o'ynadi. CHunki uning qanoti hujum qismida Kilian Mbappe bor edi. SHu sababli uning hujumga chiqishi, uzatmalar oshirishini ko'rmadik. Baliqni boshqalar ilishi kerak edi. "Milan"da esa bu joyda faqatgina o'zi bo'lardi. Mundialda Teoning hujum xususiyatlari yopilib qoldi", - dedi Kapello.
Eslatib o'tamiz, ushbu mundialda Mbappe 8 gol urgan holda to'purar bo'ldi. Franciya termasining o'zi vice-chempionlikni qo'lga kiritdi.
Fikrlar