Kanada TJ 36 yillik tanaffusdan so'ng, mundialga yo'l oldi. Devis strim vaqtida yig'lab yubordi
28 mar 2022 07:45
Yangiliklar
Kanada TJ 36 yillik tanaffusdan so'ng, mundialga yo'l oldi. Devis strim vaqtida yig'lab yubordi
JCH-2022 saralashi doirasida Kanada termasi Yamaykani 4:0 hisobida engib, KONKAKAF mintaqasidan mundial yo'llanmasini naq qildi.
Kanadaliklar bunga kvalifikaciya raundining oxirgi turi oldidan erishishdi. Jon Xerdmen shogirdlari 13 o'yindan so'ng, 28 ochko to'plagan holda peshqadamlik qilmoqda.
Kanada o'z tarixida 2-marotaba jahon chempionatida qatnashadi. Birinchisi 1986 yil ro'y bergan.
“Bavariya” azosi Alfonso Devis engil miokarditdan keyin tiklanish jarayonlarini olib borayotgani tufayli termadagi sheriklarining o'yinini internet orqali jonli efirda ko'rishiga to'g'ri keldi va mundial yo'llanmasi qo'lga kiritilganidan keyin strim vaqtida yig'lab yubordi.
Fikrlar