Devisning agenti: "Real" bilan muzokaralar olib bordik"
05 fev 2025 14:34
Yangiliklar
Devisning agenti: "Real" bilan muzokaralar olib bordik"
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devisning agenti Nedal Xuose o'yinchining klub bilan shartnomani uzaytirgani haqida gapirdi.
Oldinroq, kanadalik nemis grandi bilan 2030 yilning yoziga qadar yangi mehnat bitimi imzolagandi.
"Madridning "Real"i rostdan ham jiddiy variant edi. U bilan ham, boshqalar bilan ham muzokaralar o'tkazdik. Ammo, yakunda "Bavariya"da qolishga qaror qabul qilindi", — dedi agent.
Devis 2019 yildan beri "Bavariya"da o'ynaydi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar