Futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogi g'olib va sovrindorlari mukofot pullariga ega bo'ladi

Sherzod Nurmatov
28 fev 2025
Bugun soat 15:00 da O'zbekiston Kubogi bahslariga qur'a tashlanadi.

O'zbekiston futzal federatsiyasi Kubok bahslarining yanada qiziqarli va murosasiz o'tishini taminlash maqsadida mazkur musobaqaga mukofot pullari miqdorini tasdiqladi. 

Unga ko'ra, musobaqa yarim finalchilari bir xil 50 million so'mdan, ikkinchi o'rin sohibi 100 million so'm mukofot puliga ega bo'ladi. Mamlakat kubogi sohibiga esa 200 million so'm mukofot puli sifatida topshiriladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/Futsal_Uzbekistan