Alfonso Devisning kelajagi dushanba kuni hal bo'ladi
23 jan 23:50
Yangiliklar
Alfonso Devisning kelajagi dushanba kuni hal bo'ladi
"Bavariya" va Alfonso Devisning shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari yakuniga etmoqda.
"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenbergning bergan malumotiga ko'ra, tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishadi.
"Bavariya"dagilar dushanba kuni Devis bilan shartnomaga qo'l qo'yish ishlarini amalga oshirishni reja qilishmoqda. Klub sport direktori ushbu ishning tezroq yakuniga etishini so'rayapti.
Oldinroq malum qilinganidek, futbolchining yillik maoshi soliqlardan tashqari 15 mln evroni tashkil qiladi.
Ushbu mavsumda Alfonso Devis 16 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.
Fikrlar