So’nggi yangiliklar

12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  5 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  2 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  0 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  10 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  4 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   6 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0

Kamtar inson, g'amxo'r ota, ajoyib futbolchi - Toni Kroos haqida Yangiliklar

Kamtar inson, g'amxo'r ota, ajoyib futbolchi - Toni Kroos haqida

Teglar :  Toni Kroos
Darvoqe, Kroos vaqtida "Paxtakor" hujumchisi Eren Derdiyok bilan bir jamoada to'p tepgan.

Biografiyasi

"Madrid"ning 8-raqamli futbolchisi, yarim himoyachi, 2014 yilda Germaniya termasi bilan Jahon CHempionatida zafar quchgan Toni Kroos so'nggi yillarni top darajada o'tkazayotganini hech kim inkor eta olmasa kerak. Statistik ko'rsatkichlar bo'yicha u yillar davomida ko'rsatayotgan aniqlikni, ko'plab futbolchilar aqalli bir mavsumda ko'rsata olmaydi. Germaniyalikning biografiyasida muvaffaqiyatli faoliyatdan tashqari, sevimli ayoli va farzandlari alohida o'rin tutadi. G'amxo'r ota ularga imkon qadar ko'p vaqt ajratishga va mehr berishga harakat qiladi.

Bolaligi va yoshligi

Toni Kroos 1990 yil 4 yanvar kuni SHarqiy Germaniyaning Grayfsvald shaharchasida tavallud topgan. Bo'lajak futbolchining oilasi doimo sport bilan bog'langan edi. Yarim himoyachining onasi - Birgit Kammer - professional badmintonchi bo'lgan. Keyinroq u sportni tark etgan va biologiya fanidan dars bergan. Otasi Roland Kroos – sobiq kurashchi, keyinchalik yosh futbolchilarga murabbiylik ham qilgan.

SHu o'rinda Tonining ukasi Feliks ham futbolchi ekanligini takidlash lozim. Darvoqe, u akasichalik mashhur bo'lmasada, u kabi yarim himoyada to'p tepadi. Hozirda u "Union Berlin" sharafini himoya qiladi va jamoa sardori hisoblanadi.

Toni Kroos maktabda u qadar yaxshi o'qimaganini tan oladi. Bolakayning shunchaki ham maydonda to'p tepishga, ham o'qishga vaqti etmasdi.

Tanlash zarur bo'lgan bir pallada yosh Toni futbolga bor "kuchini tashlashga" qaror qiladi. U avvaliga maktab jamoasida to'p tepgan, lekin tengqurlari orasida ajralib turmasdi.

Roland Kroos har ikki o'g'lini o'zi shug'ullantirardi. Otasining maslahatlari, hamda o'zining tirishqoqligi va mehnatkashligi tufayli u dunyo darajasidagi futbolchiga aylanib, eng kuchli klublar etiboriga tushdi.


Sport

Bundesliganing birinchi klubi mahalliy "Grayfsvalder" klubi bo'lgan. Ko'p o'tmay, sportchi "Ganza"ga ko'chib o'tadi. Jamoaning bosh murabbiyi kim edideysizmi? Ha, qaxramonimizning otasi. Yosh iqtidor sohibi Germaniya yoshlar termasiga ham jalb qilina boshlanadi. Kroos o'sha vaqtdayoq o'zi uchun sevimli nuqta - yarim himoyada to'p tepardi.

Aynan terma jamoa safidagi o'yinlari bilan yosh yarim himoyachi birinchi divizion klublari skautlari etiboriga tushadi. Takliflar orasidan futbolchi "Bavariya"ni tanlaydi va 2006 yilgacha shartnoma imzolaydi. Kroos 17 yoshda myunxenliklar safiga borib qo'shiladi va jamoaning eng yosh futbolchisiga aylanadi.

2007 yil yarim himoyachi "Energi Kotbus"ga qarshi o'yinda debyut uchrashuvini o'tkazadi. Ilk o'yinidayoq Toni ikki bor golli uzatmani amalga oshiradi va o'zini yaxshi tomondan namoyish qila oladi. Mavsum "Bavariya" uchun omadli bo'ladi - klub chempionatda ham, Germaniya klubida ham g'olib bo'ladi.

Keyingi mavsumda futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish va tajriba to'plash uchun "Bayer"ga ijaraga berib yuboriladi. "Farmacevtlar" safida Toni Bundesligadagi birinchi golini urishga erishadi.

U masum u qadar omadli bo'lgan deya olmasakda, keyingisi ancha muvaffaqiyatli chiqadi. Taqdir hazilini qarangki, "Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Yupp Xaynkes "Bayer" boshqaruvini qo'lga oladi. Uning qo'l ostida Toni Kroos jamoa etakchisiga aylanib bordi.

Tabiiyki, "Bayer"dagi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin Kroos "Bavariya" tarkibiga qaytadi va u erda 2014 yilgacha harakat qiladi. 2010 yildan esa mamlakat milliy termasi safida yurt sharafini himoya qila boshlaydi.

2014 yil Kroos uchun juda muvaffaqiyatli o'tdi. Germaniya JCH bosh sovriniga ega chiqdi, yarim finalda esa o'sha mashhur uchrashuv Braziliyaning tor-mor etilishida (7:1) yarim himoyachi ikkita gol uradi va golli pas beradi. 

Futbolchi UEFA va FIFA ramziy terma jamoalaridan o'rin oladi, muxlislar o'rtasidagi so'rovnoma yakunlariga ko'ra eng yaxshi yarim himoyachi, IFFHS talqini bo'yicha esa eng yaxshi futbol deb topiladi.

Aynan o'sha 2014 yildayoq futbolchi Ispaniyaga, Madridning "Reali"ga o'tadi. Norasmiy malumotlarga ko'ra, ushbu transfer uchun "Qirollik klubi" 25-30 mln € sarflashiga to'g'ri kelgan. O'yinchi yillik maoshi esa 12 mln € deb belgilanadi.

Toni afonaviy futbolchilar harakat qilgan jamoa safiga katta ishtiyoq bilan borib qo'shiladi. Intervyularidan birida Kroos Bundesligadagi faoliyatini yakunlagani va "Bavariya" qaytishni tasavvur qila olmasligini aytib o'tgan.

2016 yil futbolchi "Yuventus"ga o'tib ketishi haqida malumotlar tarqala boshladi. "Keksa sinora" shuningdek Ivan Rakitich va Marko Verratti nomzodlarini ko'rib chiqayotgandi. "Yuventus" rahbariyati nemis futbolchisi uchun o'sha vaqt uchun rekord darajadagi (bevosita "Yuventus" uchun) 60 mln € berishga tayyor edi. Biroq kelishuv amalga oshmadi va Toni "qaymoqranglilar" safida qoladigan bo'ldi. "Madrid" bilan shartnoma uzaytirildi va Kroos endi deyarli ikki barobar ko'proq maosh oladigan bo'ldi.

U bugungi kunda ham dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. Uning foydali harakatlari, golli uzatmalarini bilish uchun statistikaga murojaat etishning o'zi kifoya. Futbolchi o'ng oyog'ida kuchli va muhimi aniq zarba bera oladi. Maydonni juda yaxshi ko'ra biladi, bu jihat shunchalik rivojlanganki, shu yil boshida #8 bevosita burchak zarbasidan "Valensiya" darvozasini ishg'ol qildi. Harchand urinmasin, darvozabon va himoyachilar bu zarba oldida ojiz qolishdi.   

Bundan tashqari Kroos ortiqcha hashamni yoqtirmaydi va ortiqcha sababsiz etibor markazida bo'lishni xushlamaydi, yillar davomida butsalarini tashlab yubormaydi va hech qanday muammosiz ularda ajoyib o'yin ko'rsatadi. Yana bir muhim fakt, Kroos 2007 yildan buyon qizil kartochka olmagan! Maydon markazida harakat qiluvchi va bazi vaqtlarda "Real Madrid" safida tayanch yarim himoyachi zonasida o'ynagan yigit uchun maqtansa arzigulik ko'rsatkich chamamda.


SHaxsiy hayoti 

Uzoq yillar davomida xavbek sevimli ayoliga sodiqdir. O'sha baxtli qizning ismi - Jessika Farber. U turistik biznesda faoliyat olib boradi va ko'pchilik mashhur sportchilar ayollaridan farqli o'laroq, turmush o'rtog'ining "soyasida" qolishni maqul ko'radi.

2015 yil juftlik munosabatlarini rasmiylashtirib qo'yishga qaror qildi va bu ishni keng jamoatchilikdan holi holda amalga oshiidi. Jessika 2013 yildayoq o'g'il farzand Leonni dunyoga keltirgandi, oradan uch yil o'tib 2016 yil yozida ular qizli (Ameli) bo'lishdi.

"Instagram", "Tvitter"dagi va «Feysbuk»dagi rasmlar shuni bildiradiki, "Real" yarim himoyachisi g'amxo'r er va ota bo'la olgan. Toni bo'sh vaqtini maksimum tarzda oilasiga bag'ishlashga intiladi.

Sportchining qo'lida farzandlarining ismlari va dunyoga kelgan sanalari aks etgan "tatu" chizilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi malumotlarga ishonadigan bo'lsak, katta o'g'lining ismi qaxramonimiz ayolining qo'liga ham tushirilgan.

Bundan tashqari u nisbatan yosh bo'lishiga qaramay, xayriya ishlari anchayin faol. Futbolist malum vaqt muqaddam turli kasalliklarga chalingan bolalarga yordam beruvchi fond tashkil etdi.


Toni Kroos bugungi kunda

Avvalgi mavsumni nisbatan omadsiz o'tkazgan Toni Ispaniya poytaxtini tark etishi haqidagi mish-mishlar bolalay boshlagandi, ammo yangi mavsumning dastlabki qismi shuni ko'rsatdiki, Kroos hali ham top darajada harakat qila olishini isbotlab qo'ydi.

Sovrinlari

2007 - U-17 Jahon CHempionati eng yaxshi futbolchisiga atalgan "Oltin to'p"

2007 - U-17 Jahon CHempionati "Bronza butsisi" (musobaqaning 3-snayperi)

2007 - FIFA talqini bo'yicha 17 yoshgacha o'yinchilar orasida eng yaxshi futbolchi

2007/08 - Germaniya chempioni ("Bavariya" safida)

2007/08 - Germaniya Kubogi sohibi

2010 - Jahon CHempionati bronza medali sohibi

2012/13 - Germaniya chempioni ("Bavariya" safida)

2012/13 - Germaniya Kubogi sohibi

2012/13 - UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi ("Bavariya" safida)

2013/14 - Germaniya chempioni ("Bavariya" safida)

2013/14 - Germaniya Kubogi sohibi

2014 - Jahon chempionati ramziy terma jamoasi azosi

2014 - Klublar o'rtasida jahon chempionati g'olibi ("Real Madrid" safida)

2014 - UEFA ramziy terma jamoasi azosi

2014 - Jahon CHempionati g'olibi

2014 - FIFA ramziy terma jamoasi azosi

2014 - Germaniyalik eng yaxshi futbolchi (muxlislar talqini bo'yicha)

2014 - IFFHS talqini bo'yicha yilning eng yaxshi pleymeykeri 

2015/16 - UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi ("Real Madrid" safida)

2016 - Klublar o'rtasida jahon chempionati g'olibi ("Real Madrid" safida)

2016 - Evropa chempionati ramziy terma jamoasi azosi

2016/17 - Ispaniya chempioni ("Real Madrid safida)

2016/17 - UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi ("Real Madrid" safida)

2017 - Klublar o'rtasida jahon chempionati g'olibi ("Real Madrid" safida)

2017 - Ispaniya Superkubogi sohibi

2017/18 - UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi ("Real Madrid" safida) 

2018 - Klublar o'rtasida jahon chempionati g'olibi ("Real Madrid" safida)

2018 - Germaniyada yil futbolchisi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика