Kamoliddin Murzoev "Dinamo" bilan shartnoma tuzdi
14 avg 2015 18:12
Yangiliklar


Kamoliddin Murzoev "Dinamo" bilan shartnoma tuzdi
Xabaringiz bor, ikkinchi davra oldidan jamoamiz hujum chizig'idagi raqobatni kuchaytirish uchun hujumchi izlayotgan edi. Kuni kecha Dinamo birinchi davrani Olmaliq safida o'tkazgan 28 yoshli hujumchi Kamoliddin Murzoev bilan kelishuvga erishdi. Ikkinchi davra uchun yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishning so'nggi muddati sanalmish 14 avgust kuni Dinamo Kamoliddin Murzoevni PFL zayavkasidan o'tkazdi.
Hujumchi ayni damda klubimiz ixtiyoriga kelib qo'shilgan va mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Kamoliddin Murzoev Dinamo jamoasi safida 97-raqam ostida to'p suradigan bo'ldi.
Malumot o'rnida, 28 yoshli ushbu hujumchi 2010-2013 yillar davomida Nasaf va Bunyodkor klublari safida to'p surgan bo'lsa, so'nggi mavsumni Qozog'istonning etakchi klublari Irtish va SHaxtyor safida o'tkazgandi. Joriy mavsumning birinchi qismini esa Olmaliq tarkibida o'tkazib, 12 o'yinda 3 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar