So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

"Buxoro" murabbiyi reglamentni buzdi, "Dinamo" VAR mashinasi turgan joyda xavfsizlikni taminlay olmadi, "Navbahor" o'yin davomida to'plarni yashirib qo'ydi - Liga komissarlari bildirgisi Yangiliklar

"Buxoro" murabbiyi reglamentni buzdi, "Dinamo" VAR mashinasi turgan joyda xavfsizlikni taminlay olmadi, "Navbahor" o'yin davomida to'plarni yashirib qo'ydi - Liga komissarlari bildirgisi

19-23 iyun kunlari Superligada 13-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

PFL matbuot xizmati Liga komissarlarining Superliga 13-turiga doir bildirgisidan ko'chirmani taqdim etdi.

"Neftchi" 1:0 "Buxoro"

"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev qizil kartochka olganidan so'ng uchrashuv komissari mehmon jamoaga matbuot anjumanida qaydnomada ko'rsatilgan murabbiy qatnashishi kerakligini malum qilgan. Biroq o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Buxoro" nomidan qaydnomada bo'lmagan murabbiy – Mixail Eremchuk ishtirok etgan. 

Bundan tashqari, Mixail Eremchuk matbuot anjumani davomida hakamning faoliyatiga qator etirozlar bildirgan. Biroq "Buxoro" jamoasi uchrashuvdan so'ng hakamning faoliyati bo'yicha hech qanday rasmiy etiroz kiritmagan va bu orqali "Superliga va Proliga reglamenti"ning 23.11 bandini buzgan.

"Buxoro" klubining ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.


"Dinamo" 0:3 "Bunyodkor"

"Dinamo" klubi uchrashuv komissarining bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, VAR mashinasi turgan joy, futbolchi va uchrashuv rasmiylari kirib-chiquvchi hududlarda xavfsizlikni taminlay olmagan, bu orqali "Superliga va Proliga reglamenti"ning 15.5 va 15.9 bandlari buzilgan.

"Dinamo" klubining ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.


"Navbahor" 3:0 "OKMK"

"Navbahor" jamoasi uchrashuvda faoliyat olib borayotgan fotosuratchi va to'p olib kelib beruvchi bolalarni etarlicha o'rindiq bilan taminlay olmagan.

Shuningdek, uchrashuvni yakunlovchi hushtak chalinganidan so'ng maydonga tegishli ruxsatnomasi yo'q shaxslar tushib kelgan. Bu shaxslar jamoalarning kiyinish xonasi yonigacha etib borib, tegishli xodimlarining talablariga bo'ysunmay, ularga qarshilik ko'rsatgan.

Stadiondagi to'p olib beruvchi bolalar tomonidan o'yin davomida mehmon jamoaga to'p uzatmaslik va uni yashirib qo'yish holatlari kuzatilgan. "Navbahor" klubi mamurlariga bu bo'yicha ogohlantirish berilganidan so'ng ham holat davom etgan. 

Yuqoridagi holatlar oqibatida "Superliga va Proliga reglamenti"ning 15.5, 15.9, 15.11 va 15.14 bandlari buzilgan.

Bundan tashqari, "Navbahor" futbolchilari ogohlantirishlarga qaramay, mikst-zona orqali harakatlanmasdan, stadionni boshqa yo'l bilan tark etgan. Bu orqali "Superliga va Proliga reglamenti"ning 18.7 bandiga amal qilinmagan.

"Navbahor" klubining ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+7   
26 iyu 18:52:32
BXZ BXZ
Профиционал жамоа ходимлари хам профиционал бу́лиши шарт хох бош мураббий бу́ладими ёки ту́п оберувчи болбой бу́ладими тартиб интизом ку́митаси яхшигина жазо тайёрласа шунда интизомга койидаларга хамма амал килади
+1   
26 iyu 19:59:16
Job Ir
Навбахор Окмк уйинини стадиондан кузатдим. Жазо куллайдиган даражада тупни яшириб вакт чузишга уриниш булмади уйиндан кейин майдонга Хасан Хусанлар тушиб борди улар фан клуб рахбарлари. Энди комиссарлар шунака майда хатоларни хам езадиган булса. Нега Пахтакор Навбахор уйинида фан клуб азоси тупни тепиб юбориб Навбахор уйинчиларига халакит берганда езишмаган. Факат жанжал келиб чикгани учун жазолашган холос камиссарлар буларни инобатга олмаган. Тугри майда деталлаигача этиборли булиш керак лекин конун коида айрим жамоалар учун ишлайверса колганларга кущ юмиб утилса булмайдику. Хамма жамоага конун тенг ишласин.
+1   
26 iyu 18:46:09
Saidjahon
Навбахор ёшлар билан жамоа уйинини йулга куйиб олди энди ташкилий ишларга хам жиддийрок эътибор килиш керак.
   
27 iyu 08:56:58
Shovruq88
Ajoyib reglament ekanda tanqid qilsang shikoyat yoz shikoyat yozmasang jarima
Shikoyat yozsang ham oʻyin natijasiga taʼsir qilmaydi
Shikoyat yozsang hakam bir ikki sum jarima toʻlaydi lekin senga emas.....Hakam jarima toʻlasa qachondir senga yana duch keladi...Ha doʻstlar hammasi mujmal .....
   
27 iyu 06:45:24
Jahongir Mirzo
Navbahor haqida, yaʼni to‘p berkitib qo‘yish haqida yozmoqchiman. Shuncha yildan beri Navbahor futboliga chiqaman biror marta bunday holatni ko‘rmaganman. Vaqt cho‘zish holatlarini ko‘rganman, Navbahor tomonidan ham, lekin bunaqa holat ko‘rmaganman. Toshkentda Javohirni (paxtakor fan klubi raisi) to‘pni tepib yuborib janjal chiqarishga urunganini, Andijonda Andijon yutyatganda bolboylari to‘pni yashirib qo‘yganlarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Sherzod Jo‘rayev (navbahor yordamchi murabbiyi) to‘pni qidirib topib kelgan uzoqlardan. Uchrashuvga 10 daqiqa qolganida stadionda 1 ta to‘p qoldirishgan. Nimaga o‘sha vaqtda shular yozilmagan. To‘g‘ri jazo sifatida Javohirni aytilagan stadionga kirgazilmaydi deyilgandi, lekin o‘shandan beri har o‘yinda ko‘raman. Mayli bunaqa maydalshshish kerak emas yoki ommaga eʼlon qilish shart emas deb o‘ylayman. Vaqt cho‘zish va to‘p berkitib qo‘yishni men ham qoralayman
   
26 iyu 21:02:15
ArsaBarsa
BXZ BXZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Профиционал жамоа ходимлари хам профиционал бу́лиши шарт хох бош мураббий бу́ладими ёки ту́п оберувчи болбой бу́ладими тартиб интизом ку́митаси яхшигина жазо тайёрласа шунда интизомга койидаларга хамма амал килади
Assalomu alaykum. Shunday hamma tomondan klublarimiz proffesional bo’lishi kerak. Manam bunaqa narsalarga qarshiman. Qolgan jamoalar ham xulosa chiqaradi endi.
   
26 iyu 20:14:01
Muhriddin Yuldashev
Navbahorga bundan oldin ham to'p yashirildi degan tuxmatlar bo'lgan. E'tibor bermanglar.
   
26 iyu 20:13:11
Фарход
Андижон масаласида нима ёзилган тушунарсиз, ????
Динамо масаласига келсак, 100 % пенальтини такрор курсата олмади, шу бахона билан айбини ёпаяпти, бу ерда хамма ёш бала-да тушунмайди, Андижон Гоооол урди
   
26 iyu 19:11:40
IzzaTilloh Foziljonov
Bularga yarashaveradi davay liga komisarlari Andijonga hm jazo qoʻllanglar.Andijonni xalqini va culibmi hech kim koʻrolmdi
   
26 iyu 19:11:35
IzzaTilloh Foziljonov
Bularga yarashaveradi davay liga komisarlari Andijonga hm jazo qoʻllanglar.Andijonni xalqini va culibmi hech kim koʻrolmdi
   
26 iyu 18:51:33
DRAKON
Гапни қаранг,Навбахор уйин давомида тупларни яшириб қуйди ))))))
-1   
26 iyu 19:23:39
Отабек Усманов
IzzaTilloh Foziljonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bularga yarashaveradi davay liga komisarlari Andijonga hm jazo qoʻllanglar.Andijonni xalqini va culibmi hech kim koʻrolmdi
Андижон ва андижонликлар кўтинга кирияптими жаа йўқотишни истаб қопсан. Бошинг бн маслаҳатлашиб гапир
-3   
26 iyu 20:20:03
Фарход
Хой -Хой -Хой алхамдулиллох мусурмон бизлар, хакорат килиш яхши эмас, битта ГАП , УЗБЕКИСТОН да Энг зур ва биринчи калдиргоч десак хам булади кайси Фан клуб , албатта будет Андижон фан клуби N°1 Урта Осиёда, МДХ (ПОСТСОВЕТ ) давлатларида уртасида Етакчилардан бири, шахсан ман тан берганман и хурматим хам баланд
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика