"Kalyari" prezidenti: "Barella 50 mln. evrodan qimmatroq turadi"
23 mar 2019 15:26
Yangiliklar


"Kalyari" prezidenti: "Barella 50 mln. evrodan qimmatroq turadi"
"Kalyari" prezidenti Tommazo Julinining so'zlariga ko'ra, jamoa yarim himoyachisi Nikolo Barellaning narxi 50 mln. evrodan qimmatroq.
"Yanvar oyida "Barella"ga "Napoli" qiziqish bildirdi. Sarri uni "CHelsi"da ko'rmoqchi. SHu bilan birga "Inter" ham biz bilan bog'landi.
Nikoloni sotib olmoqchi bo'lgan klub 50 mln. evrodan ko'proq pul to'lashi kerak bo'ladi. Barella o'sishda davom etadi deb umid qilaman.
O'xshatish noto'g'ri bo'lar, ammo u menga Naynggolanni eslatib yubormoqda, biroq Nikoloning texnikasi Rajanikidan kuchliroq" - deydi Julini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar