Kaka: "Bir yil o'tib Braziliya terma jamoasiga qaytganimdan xursandman"
Aslanov Jasurbek
15 avg 2015, 16:10
"Orlando Siti" yarim himoyachisi Kaka Kosta-Rika (5 sentyabr) va AQSHga (8 sentyabr) qarshi o'rtoqlik uchrashuvlariga Braziliya terma jamoasidan chaqiruv oldi.
Kaka 2014 yilning oktyabr oyidan beri terma jamoaga chaqirilmagan.
"Bugun men uchun ajoyib kun. Muxlislarga bir yangilikni aytmoqchiman - bir yil o'tib terma jamoaga qaytdim. Terma jamoaga yordam bera olaman deb o'ylayman" - deydi Kaka.