Jurnalist: "Pogba "Yuventus"ga qaytishni xohlamoqda. Turinliklar Rayola bilan muzokara boshlashdi"
11 apr 2020 12:27
Yangiliklar


Jurnalist: "Pogba "Yuventus"ga qaytishni xohlamoqda. Turinliklar Rayola bilan muzokara boshlashdi"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba mavsum so'nggida klubini o'zgartirmoqchi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 27 yoshli xavbekning bosh maqsadi - "Yuventus"ga qaytish.
Turin klubi allaqachon franciyalik futbolchining transferi ustida ishlamoqda va buni agent Mino Rayola bilan muhokama qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Pogba "Yunayted"ga aynan "Yuve"dan 2016 yilning yozida 105 million evro evaziga o'tgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar